Eva Amurri
Eva Maria Olivia Amurri (1985-yil 15-martda tugʻilgan) — amerikalik turmush tarzini yoritib boruvchi blogger va aktrisa.
Yoshligi
Amurri 1985-yil 15-martda New York shahrida italiyalik rejissor Franco Amurri va amerikalik aktrisa Susan Sarandon oilasida tugʻilgan (onasining ajdodlari italyan boʻlishgan). Amurri onasi va onasining uzoq yillik hamkori Tim Robbins tomonidan tarbiyalangan. Uning ikki onalik yarim aka-ukalari, Jack va Miles. Shuningdek, otasining Heide Lund, Leone va Avgusta bilan nikohidan ikki otalik yarim aka-uka va Lundning britaniyalikga oldingi nikohidan ikki oʻgay opasi Tallulah va Ruby bor.
U oʻrta maktabda Friends Seminaryga (Manhattan) qatnashgan va Brooklyndagi Saint Ann maktabini, New York va Brown universitetini tamomlagan.
Faoliyati
2009-yilda u „How I Met Your Mother“ filmining „The Playbook“ epizodida Shelly rolida paydo boʻladi. Amurri rejissor Stiphen T. Kay tomonidan suratga olingan „Isolation“ triller filmida ham rol oʻynagan.
2010-yilda u Fox suratga olgan Doktor House „The Choise“ epizodida Nicole rolida paydo boʻladi. 2012-yilda u Happy Madison Productions „Thatʼs My Boy“ filmida yosh Mary McGarricle sifatida paydo boʻladi. Uning onasi ham filmda McGarriclening katta yoshlisi sifatida paydo boʻlgan.
Amurri oʻzining mashhur turmush tarzi blogini „Happily Eva After“, deya 2015-yilda boshlagan.
Shaxsiy hayoti
Amurri 2011-yil 29-oktabrda Janubiy Karolina shtatining Charleston shahrida Oliy Liganing sobiq futbolchisi va hozirgi NBC Sport teleradiokompaniyasi egasi Kyle Martinoga turmushga chiqadi. Ularning uchta farzandi bor. Qizi Marlowe Mae 2014-yil 9-avgustda, oʻgʻli Major James 2016-yil 19-oktabrda va oʻgʻli Mateo Antoni 2020-yil 13-martda tugʻilgan. 2015-yil avgust oyida Amurri toʻqqiz haftaligida homilador boʻlganini aytadi. 2019-yil 15-noyabrda Amurri va Martino uchinchi farzandlarini birga kutayotganliklarini eʼlon qilganidan atigi ikki oy oʻtib, ajrashganliklarini eʼlon qilishadi. 2020-yil mart oyi holatiga koʻra, er-xotin ajrashishlarini yakunlashadi. Amurri Konnektikut shtatining Westport shahrida istiqomat qiladi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org