EVA Air
EVA Airways korporatsiyasi (xitoycha: 長榮 航空) — Tayvanning xalqaro aviakompaniyasi Tayan Taoyuan aeroportida joylashgan. Kompaniya Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Shimoliy Amerikaning 60 dan ortiq yoʻnalishlariga yoʻlovchi va yuk havo transportini taʼminlaydi. Aviakompaniyaning bosh qarorgohi Taoyuan shahrida joylashgan. EVA Air Tayvanning China Airlinesdan keyin ikkinchi yirik aviakompaniyasidir.
Samolyot parki yoʻlovchi tashish uchun Airbus A321, Airbus A330, Boeing 787 va Boeing 777 va yuk yoʻnalishlari uchun Boeing 747, Boeing 777 samolyotlaridan iborat. Aviakompaniya birinchilardan boʻlib Boeing 777 samolyotlarida premium ekonom-klassni joriy qilgan.
Tarix
1988-yil sentyabr oyida Evergreen Group tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan rais Chang Yung-fa Tayvanning birinchi xususiy xalqaro aviakompaniyasini tashkil etish niyatini eʼlon qildi. Aviakompaniya dastlab Evergreen Airways deb nomlanishi kerak edi. 1989-yil oktyabr oyida EVA Airways Boeing 26 ta samolyotga buyurtma berdi. Dastlabki manzillar Bangkok, Seul, Jakarta, Singapur, Kuala Lumpur edi. Yil oxiriga kelib, yoʻnalishlar tarmogʻi kengaytirildi, shuningdek, Venaga parvoz ham qoʻshildi.
1992-yilda aviakompaniya birinchi Boeing 747 samolyotini qabul qilib, Los-Anjelesga parvoz qila boshladi. 1994-yilda EVA Air dunyo boʻylab 22 ta yoʻnalishga xizmat koʻrsatdi va yiliga 3 milliondan
2013-yilda EVA Air Star Alliancening toʻliq aʼzosi boʻldi.
2014-yil oktabr oyida EVA Air 2015-yilda Hyuston va 2016-yilda Chikagoga yangi yo‘nalishlarni qo‘shish orqali Shimoliy Amerika tarmog‘ini kengaytirishni eʼlon qildi.
Flot
Manbalar
uz.wikipedia.org