Euxenio d’Orsu haykali (Madrid)
Eugenio d'Ors haykali Paseo del Prado bulvari (Madrid, Ispaniya) oʻrtasida, Kasa Sindikal va Prado muzeyining esa roʻparasida joylashgan. U Katalan yozuvchisi, ziyoli va Franko davridagi madaniyat arbobi Eugenio d'Orsning xotirasiga atab qurilgan. Yodgorlik mualliflari: meʼmor Viktor d'Ors (Evenio d'Orsning oʻgʻli), haykaltaroshlar Kristino Malta va Federiko Mares hisoblanadi.
Tarix va tavsif
Eugenio d'Ors haykali loyihasining muallifi uning oʻgʻli, meʼmor Viktor d'Ors bo'lgan. Prado muzeyiga qaragan yodgorlikning old tomonidagi favvora yuqorisida bronza haykaltaroshlar guruhi joylashgan. Ushbu guruh orqasidagi granit devorida Eugenio d'Orsning hayot va estetika haqidagi tasavvurini aks ettiruvchi aforizmlar toʻplami boʻlgan uzun yozuv mavjud.
Kasa Sindikalga qaragan yodgorlikning orqa tomonida haykaltarosh Federiko Mares ijodiga mansub Eugenio d'Orsning tugʻilish va oʻlim sanalari tasvirlangan tosh medallioni joylashgan.
Eugenio d'Ors haykali 1963-yil iyul oyida ochilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org