Eurovision qoʻshiq tanlovi 2017
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2017 (ingl. Eurovision Song Contest 2017, fr. Concours Eurovision de la chanson 2017, ukr. Пісенний конкурс Євробачення 2017) - 62-chi Evrovision qoʻshiq tanlovi. Ukraina poytaxti Kiyev shahrida boʻlib oʻtadi. Ukraina Eurovision-2016 Shvetsiya poytaxti Stokgolmda gʻalaba qozongan edi. Ukrainanidan Jamala 534 ball toʻplab gʻalaba qozongan, u „1944“ qoʻshigʻini ijro etgan edi. Eurovision-2017 boʻlib oʻtadigan kunlar: Yarim finallar-9 va 11-may, Final-13-may 2017-yili boʻlib oʻtadi. Ukraina oʻzida ikkinchi marotaba tanlovni kutib oladi, birinchi marta-2005-yili Kiyev shahrida boʻlib oʻtgan edi. Rossiya Eurovision 2017-yilda qatnashmaydigan boʻldi. Bunga sabab Rossiya ishtirokchisi Yuliya Samoylova 2015-yilda Qrimga borgani sabab boʻldi va eʼlon qilingan vaqtan biroz oʻtib СБУ unga Ukraina hudidiga kirish taqiqlanib qoʻyildi.
Eurovision qoʻshiq tanlovida 2017 Portugaliya ishtirokchisi Salvador Sobral gʻalaba qozondi. U "Amar Pelos Dois" qoʻshigʻini ijro etib 1 oʻrinni oldi. Salvador jamida 758 ball oldi va Portugaliya tarixida Eurovision qoʻshiq tanlovi birinchi marotaba boʻlib oʻtadi. Portugaliya tanlovda 53-marta qatnashib, unda biror marta ham gʻalaba qozonmagan edi. Eurovision qoʻshiq tanlovi 2018 Portugaliyada boʻlib oʻtadi.
Oʻtkazilish joyi
9-sentabr 2016-yili Eurovision-2017 Xalqaro Koʻrgazma Markazida boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi.
Xalqaro Koʻrgazma Markazi Ukrainadagi yirik binolardan biridir. Bu yerda koʻp Xalqaro uchrashuvlar va koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi.
2005-yili Kiyevda Eurovision-2005 boʻlib oʻtgan edi. Tanlovning 50-chi yubileyi Sport Saroyida boʻlib oʻtgan edi. Shu yilgi tanlovda Ruslana Eurovision-2004 gʻalaba boʻlganidan keying oʻtkazilgan edi. U „Wild Dances“ qoʻshigʻi bilan Turkiyada birinchi oʻrinni olgan edi.
Oʻtkaziladigan joyni tanlash
15-may 2016-yili Jamala Eurovision-2016 gʻalaba qozongandan soʻng, Kiyev shahrining hokimi Vitaliy Klichko Eurovision-2017 "Olimpiyskiy" sport maydonida boʻlishi mumkinligini aytgan edi. Madaniyat vaziri Evgeniy Nishuk ham "Olimpiyskiy" boʻlishi mumkinligini etdi.
Lvov hokimi Andrey Sadoviy, shahar tayyorligini va „Arena Lvov“da oʻtkazilishi mumkinligini etdi. Buni Ruslana Eurovision 2005 gʻolibiham qoʻlab-quvvatladi.
Bundan keying Odessa hokimi Gennadiy Truxanov, Dnepr hokimi Boris Filatov, Xerson hokimi Vladimir Nikolaenko shaharlar tanlovni oʻtakazishga tayyorligini etdi. 18-may deputat Vladislav Golub Cherkassi shahrida oʻtkazishni taklif etdi. 29-may 2016-yili Vinnitsya shahri ham qoshildi. 3-iyunda esa Ukrainaning Ujgorod shahri ham qoshildi. Shunday qilib Ukraining 9ta shahri oʻz arizasini berdi.
29-iyun 2016-yili Madaniyat vaziri Evgeniy Nishuk Evrovision-2017 oʻtgazishga meyordagi obyekt yoqligini etib oʻtdi. U „5-kanal“ intervyusida Sport Saroyi togʻri kelmasligini etib oʻtdi va unga taʼmirlash ishlari kerakligini etdi. Sport maydoniga esa tom kerakligini etib oʻtdi. Qisqacha gapirganda Ukrainada Eurovision-2017 oʻtkazishga maydon yoqligini etib oʻtdi.
30-iyun 2016-yili Kiyev va Dnepr rasman oʻtgazishga oʻz arizaini berishdi. 2-iyul 2016-yili Xarkov Lvov va Odessa ham oʻz arizasini berishdi. 4-iyulda esa Xerson shahri ham oʻz arizasini berdi.
NTKU Direktor oʻrinbosari Viktoriya Romanova Eurovision-2017 oʻtkaziladigan joyni yozni oxirida yoki kuzning boshida eʼlon qilishini etib oʻtdi. 9-sentabr Kiyev shahrida boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi.
Format
14-mart 2016-yili Stakgolmda Eurovision-2017 boʻlish sanalari eʼlon qilingan edi. Yarim final 16 va 18-mayda, final-20-mayda boʻlishi kerak edi. 24-iyun 2016-yili oʻtkazish sanalari 9, 11 va 13-mayga koʻchirildi. 25-yanvar 2017-yili mamlakatlar tanlovda chiqishi 31-yanvar 2017-yili Kiyev shahar davlat boshqarmasida eʼlon qilinadigan boʻldi.
Boshlovchilar
27-fevral 2017-yili UA:Перший telekanali Eurovision boshlovchilarini eʼlon qildi. Ular Aleksandr Skichko Vladimir Ostapchuk Timur Miroshnichenko
Tanlovning logotipi va shiori
30-yanvar 2017-yili tanlovning logotipi eʼlon qilindi. Logotipda ukraina xalq "namisto" marjoni bezatilishi maʼlum boʻldi. Munchoqlarga zamonaviy bezak berilgan, har bir munchoqda oʻzining bezaklari bilan qilingan. Tanlovning eng asosiy xabari: biz noyobdirmiz, lekin hammamizni musiqaga sevgi birlashtiradi.
Sahna
31-yanvar 2017-yili Eurovision-2017 sahnasi eʻlon qilindi. Sahnaning dizayneri Frida Arvidsson.
Ishtirokchilar
31-yanvar 2017-yili kuni tanlovda 43 mamlakat qatnashishi eʼlon qilindi. Tanlovga Portugaliya va Ruminiya qaytdi. Bosniya va Gersegovina ishtirok etishdan voz kechdi. Rossiya Eurovision 2017-yilda qatnashmaydigan boʻldi. Bunga sabab Rossiya ishtirokchisi Yuliya Samoylova 2015-yilda Qrimga borgani sabab boʻldi va eʼlon qilingan vaqtan biroz oʻtib СБУ unga Ukraina hudidiga kirish taqiqlanib qoʻyildi.
Tanlovga qaytganlar
Qatnashmaganlar
Birinchi chiqishi boʻlmaganlar
Qozogʻiston - Qozogʻiston 2008-yildan beri qatnasha olmayapti. Shu yildan beri tanlov Khabar telekanalida koʻrsatilib kelinmoqda. „Khabar“ telekanali 2016-yildan boshlab EBU aʼzosidir. Yanvarga kelib mamlakat qatnashmadigani maʼlum boʻldi.
Kosovo - Kosovo Respublikasini tanlovga taklif etilgani maʼlum boʻlgan edi. Bu xabarni Kosovaning RTK telekanali xabar qilgan edi. Biroz oʻtib bu xabar yolgʻonligi maʼlun boʻldi.
AQSh - en: ABU telekanali EBU aʼzosi bolgani uchun, AQSh tanlovda qatnasha oladi. AQShni qatnashishi mumkinligi oldingi yildan soʻng boʻlgan edi. Chunki mashxur qoʻshiqchi Justin Timberlake oldingi yili Eurovision-2016 taʼklif etilgan edi. U tanlovning interval-aktida qoʻshiq aytgan edi.
Tanlovda chiqish
31-yanvar 2017-yili Kiyev shahar davlat boshqarmasida mamlakatlar chiqishi eʼlon qilindi.
Birinchi tanlovga chiqishda Katta Beshlik qaysi yarim finalda ovoz berishi eʼlon qilindi.
Ikkinchi tanlovga chiqishda mamlakatlar qaysi yarim finalda ishtirok etishi eʼlon qilindi. 1-yarim finalda 18-mamlakat, 2-yarim finalda 19-mamlakat qatnashadigan boʻldi.
Birinchi yarim final
18-mamlakat finalga chiqish uchun qatnashadi va undan 10-mamlakat finalga chiqadi. Birinchi yarimfinalda Italiya, Ispaniya va Birlashgan Qirollik ovoz berishadilar. Yarim final 9-may 2017-yilda 21:00da boʻlib oʻtadi (00:00 Toshkent soati boʻyicha)
Ikkinchi yarim final
Final
Mamlakatlarning ovoz berish natijasi
Ovoz berish va telekoʻrsatuv
Ballarni eʼlon qiluvchi:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org