EToro
eToro - bu ijtimoiy treyding va brokerlik xizmatlariga ixtisoslashgan brokerlik kompaniyasidir. Kompaniya oʻzining savdo platformasi va mobil ilovasi orqali valyutalar, fond indekslari, aksiyalar va kriptovalyutalarni oʻz ichiga olgan koʻplab bozorlarda savdo qilishni taklif qiladi. Kompaniyaning Isroil, Buyuk Britaniya, Kipr, AQSh va Avstraliyada ofislari mavjud.
eToro RetailFX sifatida 2007-yilda Tel-Avivda aka-uka Yoni Assia va Ronen Assia tomonidan Devid Ring bilan birgalikda tashkil etilgan.
2020-yilda kompaniya 2,5 milliard dollarga baholandi. Oʻsha yili savdo platformasida 13 million roʻyxatdan oʻtgan akkauntlar mavjud edi.
Operatsiyalar
eToro qimmatbaho metallar, xom ashyo va energiya tashuvchilar boʻyicha CFD taklif qiladi, shu jumladan WTI, Brent markalaridagi neft va tabiiy gaz. EToro CFD bilan qamrab olingan fond indekslari S&P 500, NSDQ 100, Avstraliya S&P 200 ni oʻz ichiga oladi.
eToro 2013-yildan boshlab Bitcoin, 2017-yildan boshlab Ethereum va Ripple kabi boshqa kriptovalyutalarni taklif qila boshladi.
eToro ning faoliyati Yevropa Ittifoqining CySEC, Buyuk Britaniyaning FCA, AQSH ning FinCEN va Avstraliyaning ASIC tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org