ETNIK ANTROPOLOGIYA VA IRQSHUNOSLIK — antropologiyaiing odamzod irqlarining kelib chiqish tarixi, sabablari va yer yuziga tarqalishi hamda xalqlarning antropologik tarkibini o’rganuvchi sohasi. Millat va irq, odamzod turlarining birligi, monogenizm va poligenizm, odamzod guruhlari va uning tarkiban antropologik bir xillik darajasini aniqlash, irqlarning klassifikatsiyasi, dunyo xalqlarining antropologik sostavi, paleoantropologiya va polisentrizm hamda monosentrizm nazariyalari, irqlarning hoz. davrda tarqalishi va odamzod birligi, irqiy belgilarning o’zgaruvchanligi, irqlarning qorishuvi masalalari ustida ish olib boradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish