Etilen




Etilen , eten, CH— eng oddiy toʻyinmagan uglevodorod, olefinlar gomologik qatorining boshlangʻich aʼzosi; kuchsiz hidli, rangsiz, zaharli, yonuvchan gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 169,5°, qaynash temperaturasi 103,8°; zichligi 566 kg/m3. E. birikish reaksiyalariga juda shiddatli kirishadi. E. — organik birikmalarni sintezlashda muhim boshlangʻich mahsulotlardan biri. E.ni polimerlash asosida sanoatda polietilen olinadi. Etil spirti, etilenglikol, etilenoksid, etilenpropilen kauchuklar va boshqalar olishda qoʻllanadi. Tibbiyotda jarrohlik operatsiyalarida umumiy narkoz sifatida ham ishlatiladi. Neftni qayta ishlash orqali va tabiiy gazdan koʻp miqdorda arzon E. olinadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz