ETILBENZOL
ETILBENZOL, S6N5SN2SN3 aromatik uglevodorod, benzol hosilasi; rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi -95°, qaynash temperaturasi 136,2°, zichligi 867 kilogramm/metr kub, Suvda oz eriydi, ko’pgina organik erituvchilar bilan aralashadi. Havodagi Etilbenzol bug’ining kontsentrasiyasi 50 mg/mter kubdan oshmasligi kerak. Stirol olishda, shuningdek, motor yonilg’ilariga qo’shimcha sifatida qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz