Ethan Ebanks-Landell




Ethan Reid Ebanks-Landell (talaffuzi: Etan Reyd Ebank-Landil) (1992-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ethan Ebanks-Landell „Rochdale“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Wolverhampton Wanderers



Ethan Ebanks-Landell „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining akademiyasiga toʻqqiz yoshida qoʻshilgan. Ethan Ebanks-Landell 2010-yilda klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. Ethan Ebanks-Landell oʻzining birinchi oʻyinini 2010-yilning dekabrida, Premer-ligada „Birmingham“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan.

„Bury“ futbol klubidagi ijara mavsumidan qaytganidan soʻng, Ethan Ebanks-Landell 2013-yil 6-avgustda asosiy jamoa safida „Morecambe“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2013-yilning 16-noyabrida Ethan Ebanks-Landell oʻzining birinchi golini „Nots County“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (oʻyindagi yagona golni) urishga muvaffaq boʻlgan.


Bury (ijara)



2012-yilning noyabrida Ethan Ebanks-Landell 2013-yilning 3-yanvariga qadar Birinchi liga vakili „Bury“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan. Bu yerdagi professional debyut oʻyinini Ethan Ebanks-Landell 2012-yilning 17-noyabrida „Colchester“ futbol klubiga qarshi (0:2 hisobida magʻlubiyat) uchrashuvda oʻtkazgan.


Sheffield United (ijara)



2016-yilning 31-avgustida mart oyidan beri asosiy jamoa safida maydonga tushmagan Ethan Ebanks-Landell bir mavsum davomida „Sheffield United“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.


Milton Keynes Dons (ijara)



2017-yilning 14-iyulida Ethan Ebanks-Landell 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha Birinchi liga vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qoʻshilgan.


Rochdale (ijara)



2019-yilning 11-yanvarida Ethan Ebanks-Landell 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha Birinchi liga vakili „Rochdale“ futbol jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan.

Shrewsbury Town



2019-yil 29-may kuni Ethan Ebanks-Landell Birinchi liga vakili „Shrewsbury Town“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga 3 yillik shartnoma asosida qoʻshilgani eʼlon qilingan. Ethan Ebanks-Landell klubdagi debyut oʻyinini 3-avgustda oʻtkazgan.

Rochdale



2022-yil 13-iyun kuni Ethan Ebanks-Landell „Shrewsbury Town“ futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin ikki yillik doimiy shartnoma asosida „Rochdale“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz