Estrogenlar




Estrogenlar (yangi lot. oqmoq va... gen) — odam va umurtqali hayvonlar jinsiy gormoni; asosan, ayollar tuxumdonida, shuningdek, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatida, platsenta va urugʻdonda hosil boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra steroid. Ayollar jinsiy aʼzolari funksiyasi va rivojlanishini, sut bezlarining normal oʻsishini kuchaytiradi. Suyaklarning oʻsishi, suvtuz almashinishi va boshqalarga taʼsir etadi. Ayollar gavdasining normal boʻlishi E.ga bogʻliq. E.ga estradiol va estron kiradi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz