ESTRADA ORKESTRI — orkestr turi; estrada musiqasi va jaz namunalarini ijro etuvchi ijodiy jamoa. 20-asrning 20-yillarida jaz orkestri negizida yuzaga kelgan. Tarkibi 14 dan 30 gacha (va undan ortiq) sozandalardan tashkil topadi: kuy yo’lini ijro etuvchi melodik (asosan, mispuflama cholg’ular — 3-4 truba, 3-4 trombon, 4-5 saksofon) va ritmik (fortepiano, elektr gitaralar, urma cholg’ular) guruxlardan iborat. Estrada orkestrining torlikamonli (skripka, violonchel kabi) va boshqalar cholg’ular qo’shilishi hisobiga kengaytirilgan turi simfojaz (estradasimfonik orkestri) deb ataladi. Estrada orkestri tarkibiga, shuningdek, xonanda, raqqos va boshqalar san’atkorlar kirishi mumkin. O’zbekistonda ilk Estrada orkestrilari 1940-50 yillarda shahar bog’lari, raqs maydonchalari va boshqalar joylarda faoliyat ko’rsata boshladi. 1958 yilda O’zbek davlat estrada orkestri (1972 yilgacha) tashkil topdi. Uning birinchi badiiy rahbari Sh. Ramazonov, dirijyor A.Dvoskin, yakkaxon xonandalar orasida Botir va Luiza Zokirovlar, Klara Jalilova, Bahrom Mavlonov va boshqalar, Isohor Oqilov va M.Gerdt rahbarligidagi raqs guruhi hamda so’z ustalari (K.Qobulov va G’.A’loev) bo’lgan. Repertuaridan xorijiy Sharq (Misr, Suriya, Hindiston va boshqalar) kompozitorlarining Estrada orkestri uchun Yan Frenkel tomonidan aranjirovka qilingan asarlar (“Arabcha Tango”, daris alatrosh; “Go’zal qizga”, Raxbani; “Arzixamari”, Sh.Choudxuri va boshqalar), o’zbek kompozitorlari asarlari (M.Burhonovning “Maftun bo’ldim”, Sh.Ramazonovning “Ey, mehribonim”, “Namanganning olmasi”, Ik. Axbarovning “Gazli”, “Ra’no”, “Qaydasan” va boshqalar) o’rin olgan. Hozirda O’zbekistonda quyidagi Estrada orkestri faoliyat ko’rsatmoqda: O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi Estradasimfonik orkestri (1963; birinchi badiiy rahbari — H. Izomov, dirijyorlari — E. Solihov va E.Jivaev, xonandalari — M.Shamaeva, R.Sharipova, Yu. To’raev, S.Rahimov, A.Ioshpe, E.O’rozboeva va boshqalar; 1997 yildan bosh dirijyori A.Ikromov). Mazkur jamoalar bilan ko’pgina O’zbekiston kompozitor va aranjirovkachilar (H.Izomov, E.Solihov, A.Kalvarskiy, A.Kroll, A.Malaxov, E.Shvars, E.Jivaev, E.Shiryaev, F.YanovYanovskiy, E.Qalandarov va boshqalar) asarlar yaratishgan. Keyingi yillarda o’zbek kompozitorlaridanr.Abdullaev,B.Lutfullaev, A.Nazarov, A.Mansurov, D.Omonullaeva, A.Rasulov, G’. Xoliqov, HAB. Rahimov, V.Saparov va boshqalar, xonandalardan B.Lutfullaev, Yu.Abdullaeva, G. Erqulova, H.Sherov, P.Borisov, D.Marasulova, N.Nosirova, E.Ro’zimatov, D.Ismiyaminova va boshqalar ijodiy hamkorlik qilmoqda. Xalq badiiy jamoalar direktsiyasi tarkibidagi Botir Zokirov nomidagi estrada orkestri (1994, birinchi dirijyori A. Xabirxanov, hozirda dirijyor — E.Jivaev, badiiy rahbar — M. Toshmatov). Repertuaridan jaz musiqasining mumtoz namunalari (S.Kentonning “Brodvey”, B.Gudmenning “Savvondagi raqs”, X.Tizolning “karvon” kabi), o’zbek kompozitorlari asarlari (“yomg’ir yog’di”, D.Omonullaeva; “Shirin ertaklar”, M.Toshmatov; “Yo’lda”, E.Qalandarov) hamda o’zbek mumtoz namunalarining estrada aranjirovkalari (masalan, E.Jivaevning “Mo’g’ulchai Dugoh”) o’rin olgan. Davlat Mullajonov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Estrada orkestri — bu estrada musiqasini ijro etish uchun tashkil etilgan musiqiy ansambl. Estrada orkestri ko‘pincha yengil va zamonaviy musiqiy janrlarni, jumladan estrada¸ pop, jazz va xalq qo‘shiqlarini ijro etadi. Bu orkestrlar konsert zallari, televizion va radio efirlari, shuningdek turli bayram va tadbirlarda qatnashish uchun tashkil etiladi.
Estrada orkestrining tarkibi
Estrada orkestrlari tarkibi anʼanaviy simfonik orkestrdan farq qilishi mumkin, chunki ular ko‘proq zamonaviy va yengil asboblar bilan jihozlanadi. Odatda, estrada orkestrida quyidagi asboblar bo‘ladi:
Ritm asboblari: barabanlar, to‘p va tamburin kabi zarbli cholg‘ular
Klaviatura cholg‘usi: fortepiano, synthesizer
Elektr cholg‘ular: elektr gitara, bas gitara
Estrada orkestrining xususiyatlari
Estrada orkestri musiqiy janrlarning keng doirasini ijro etishi mumkin, xususan estrada, ko‘ngilochar musiqalar, jozibali va yengil havoli qo‘shiqlar.
Odatda, estrada orkestrlarida ijrochilarning improvizatsiyasi va individual ijrosi ham muhim o‘rin tutadi.
Estrada orkestrlari ko‘pincha vokalchilar bilan ham hamkorlik qiladi, ya’ni orkestr orkestr va vokal birgalikda ijro etadi.
Tarixi
Estrada orkestrining paydo bo‘lishi XX asrda, xususan estrada musiqasi ommalashgan davrga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda ham estrada orkestrlari ayniqsa 20-asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlandi va bugungi kunda ham televidenie hamda konsert sahnalarida faolligini saqlab kelmoqda.
Xulosa
Estrada orkestri zamonaviy, ko‘ngilochar va keng auditoriyaga mo‘ljallangan musiqiy ansambl bo‘lib, unda turli cholg‘ular va ijro uslublari birlashadi. U ko‘plab musiqiy janrlarni kuy va qo‘shiqlar ko‘rinishida ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish