Estoniyada Islom




Estoniyada amalga oshirilgan 2011-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, oʻzini musulmon deb tanishtirganlar soni 1508 kishini tashkil qilgan. Biroq, turli tadqiqotlar va manbalarga koʻra, Estoniyadagi musulmonlar soni ancha koʻp, yaʼni 10 000 dan 20 000 kishigacha.


Maʼlumot



Birinchi musulmonlar, asosan, sunniy tatarlar va shia ozarbayjonlari ancha vaqt ilgari, 1721-yilda Livoniya va Estoniyaning Rossiya imperiyasiga qoʻshilishi bilanoq Estoniyaga koʻchib oʻtishgan. 1860-yildan boshlab tatar jamiyati aʼzolari oʻsha paytda Narva shahrining markazida faollasha boshladilar.

Biroq bugungi musulmonlarning katta qismi va ularning avlodlari Estoniyaga sovet davrida (1940-1991) kelgan odamlardir. Birinchi musulmon tashkiloti — „Narva Muhamedi Kogudus“ mustaqil Estoniya Respublikasi qonunlariga muvofiq 1928-yilda, ikkinchisi — „Tallinna Muhamedi Usuühing“ 1939-yilda roʻyxatga olingan. Narvada joylashgan va jamoat tomonidan xayriya sifatida olingan mablagʻlarga qurilgan uy masjidga aylantirildi. Biroq 1940-yilda Sovet hokimiyatining kelishi bilan musulmonlarga u yerda yigʻilish taqiqlangan va 1944-yili Ikkinchi Jahon urushida shaharni bombardimon qilish chogʻi bino ham butunlay vayron boʻlgan.

Ayni paytda Estoniyada bitta masjid faoliyat koʻrsatmoqda.

2008-yilning kuzida Arab Amirliklaridan birining hukmdori Sulton bin Muhammad al-Qosimi Tallin shahar hokimiyatiga masjid va mahalliy musulmonlar uchun madaniy markaz qurishga yer ajratish iltimosi bilan murojaat qildi. Ammo Tallinda masjid qurish to‘g‘risida haligacha biror qaror yo‘q.

Estoniyadagi turli etnik guruhlar musulmonlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz