Estelle Getty
Estelle Gettleman (qizlik familyasi: Scher; 1923-yil 25-iyul, New York — 2008-yil 22-iyul, California), professional sifatida
Estelle Getty nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa va komik. The Golden Girls (1985—1992) sitkomidagi Sophia Petrillo obrazi bilan tanilgan. "Eng yaxshi ayol rol egasi" nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritgan. Televizion seriallar, musiqiy yoki komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Aktrisa Empty Nest (1993—1995), The Golden Palace (1992—1993), Blossom (1990—1995) hamda Nurses (1991—1994) kabi teleseriallarda ham bir qancha rollarni ijro etgan.
Faoliyati
1982-yilda 60 yoshga kirganda Broadwaydagi Torch Song Trilogy kinofilmida dramaturg Harvey Fierstein tasvirlagan rolga ega chiqishga muvaffaq boʻladi. Aktrisa spektakldagi roli uchun keng maqtovga sazovor boʻlgan. Jumladan, Drama Desk mukofotini ham qoʻlga kiritgan. 1985-yilda tarixdagi muvaffaqiyatli rollari aktrisaga NBCning yangi The Golden Girls sitkomida Sophia Petrillo roliga tayinlanishga katta taʼsir koʻrsatdi.
The Golden Girls sitkomidagi faoliyati davomida Getty oʻzining If I Knew Then, What I Know Now… So What? nomli avtobiografik asarini yozgan. Ushbu kitob 1988-yilda Steve Delsohn yordami bilan Contemporary Books tomonidan nashr etilgan. Shuningdek, u 1993-yilda keksa fuqarolar uchun bajariladigan mashqlar videotoʻplani ham chiqargan.
Shaxsiy hayoti
Getty va Arthur Gettleman bir ziyofatda tanishib qolishadi. Toʻqqiz oy oʻtgach esa, 1947-yil 21-dekabr sanasida turmush qurishgan. Er-xotin Carl Gettleman va Barry Gettlemanlarning ona-otalari boʻlishgan. Aktrisa turmush oʻrtoʻgi bilan uning vafotiga — 2004-yil 24-sentabrda, 85 yoshida vafot etguniga qadar birga turmush qurib kelgan.
Oʻlimi
Getty 2008-yilning 22-iyul sanasida erta tongda Los Angelesdagi uyida vafot etdi. Oilasi soʻzlariga koʻra, uning oʻlimi „Lewy dementia“ kasalligi natijasi natijasida sodir boʻlgan. Ushbu voqea uning 85 yoshga toʻlishiga uch kun qolganda sodir boʻlgan. Aktrisa Hollywood abadiy qabristoniga dafn qilingan hamda qabr toshiga „With Love and Laughter — Sevgi va kulgi bilan“ soʻzlari va yahudiy sifatida vafot egani uchun Dovud yulduzi aks ettirilgan.
Filmografiyasi
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org