Estampaj
Estampaj (fransuzcha estampages „bosilgan“) — bosma nashrlar va qandaydir boʻyoq bilan qoplangan qogʻoz, plyonka yoki matoga (masalan, haykalning yuzasidan) boʻrtma tasvirlarni oʻtkazish texnikasi.
Foydalanish
Ilmiy, taqdimot yoki dekorativ maqsadlar uchun foydalaniladi. Arxeologlar uchun petrogliflarni hujjatlashtirish odatiy holdir. Texnikaning mohiyati boʻrtma tasvirni unga qogʻoz varagʻini qoʻyish va boʻrtiqlarni soya qilish (ishqalash) orqali bostirib olishdan iboratdir. Natijada relyefning bevosita tasviri hosil boʻladi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org