Espar




Murvedr , Murvedr Nuar, Murvedr Espar, Espar, Pino fleri, Agach sap — ispan vinobop kechpishar uzum navi. Gʻarbiy Yevropa navlari ekologik-geografik guruhiga kiradi. Qrim, Krasnodar oʻlkasida, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Turkman iston va boshqa mintaqalarda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, yumaloq yoki sal choʻziq, tigʻiz, chetlari pastga egikroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yumaloq-uzunchoq, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha dumaloq yoki bir oz choʻziq, toʻq zangori, xushboʻy, usti mum-gʻubor bilan qoplangan, poʻsti qalin, eti sersuv. Faol harorat yigʻindisi 2650°—3100° boʻlganda 127—157 kunda (sentabr oxirlarida) pishadi. Hosildorligi 120—200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga, sovuqqa chidamsiz. M.dan turli xil vinolar tayyorlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz