Eson Lutfullayev




Eson Lutfullayev (1935.25.11, Forish tumani — 2000.1.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1997). H. Olimjon nomidagi Samarqand drama teatri (1956—57), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1957—60), "Maqom" ansambli (1960—2000)da ishlagan. Yoqimli, diapazoni keng va kuchli ovoz sohibi. Us tozlari J. Sultonov va M. Uzoqov anʼanalarining davomchisi. Repertuaridan maqom va mumtoch ashula yoʻllari ("Navroʻzi sabo". "Feruz I—II". "Moʻgʻulchai Navo". "Chapandozi Bayot", "Chorgoh I", "Buxoro Irogʻi", "Suvora" va boshqalar), katta ashulalar ("Sogʻindim", "Ohkim" va boshqalar), 100 ga yaqin oʻzi bastalagan ashulalar ("Koʻziga surma qildi", "Yuragi toza boʻlsin", "Zor etma", "Dastingdan", "Noz uyqusi", "Afsona deb" va boshqalar) oʻrin olgan. Oʻzbekiston televideniyesida L. ijodiga bagʻishlangan 2 ta videofilm ("Eson Lutfullayev kuylaydi", 1991; "Bokira tuygʻular", 1998) suratga olingan, L. ijro etgan ashulalar gramplastinkada chiqarilgan ("Eson Lutfullayev kuylaydi" va boshqalar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz