Esmé Bianco




Esmé Augusta Bianco (1982-yil 25-mayda tugʻilgan) britaniyalik aktrisa va neo-burlesk ijrochisi. Bianco Taxtlar oʻyini teleserialidagi Ros hamda The Magicians filmidagi Jane Chatwin rollari bilan mashhur.

Faoliyati



Aktrisa rassomlar Christian Furr va Peregrine Heathcote uchun oʻz rasmini chizdirgan.

Uning badiiy filmlari qismlari orasida Burlesque Fairytales ertaklaridan birida „Ona“ rolini oʻynagan. U, shuningdek, Chemical Wedding, Dead Man Running, The Big I Am hamda The Scorpion King 4: Quest for Power filmlarida paydo boʻlgan. Bianco HBO kanalida efir yuzini koʻrgan Taxtlar o‘yini serialida Kingʻs Landing epizodida fohisha Ros obrazini gavdalantiradi.

U birinchi marta Winter Is Coming seriali premyerasida paydo boʻlib, yana 13 ta epizod uchun obrazni takrorlay. Aktrisa koʻpincha shouning sekspozitsiya sahnalarida koʻrinish beradi. Uning xarakteri 3-mavsumda The Climb epizodida oʻldiriladi.

2020-yilda Bianco „UPGrade“ qoʻshigʻida Pusciferning Existential Reckoning albomida chiqish qiladi.

Shaxsiy hayoti



2021-yil fevral oyida aktrisa musiqachi Merilyn Mansonni eridan ajralganidan keyin 2011-yildagi munosabatlari chog‘ida unga nisbatan ishlatilgan jismoniy zo‘ravonlikda aybladi. 2021-yil aprel oyida Bianco Mansonni jinsiy zo'ravonlik, odam savdosi va zoʻrlash uchun sudga beradi.

Aktrisaning taʼkidlashicha, unga giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar berilgan, shuningdek, zoʻravonlik va zoʻrlash tahdidlariga duchor boʻlgan. Bianco, shuningdek, Manson uni tizzalarini bogʻlab, qamchi bilan urgan va zoʻrlaganini daʼvo qildi. Merilyn Manson Biancoga advokati orqali javob berib, Bianconing ayblovlari „notoʻgʻri“ ekanligini aytadi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz