Eslama meni




Eslama meni “ — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri. Guruhning 2015-yil eʼlon qilingan „Buxoro“ nomli terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, guruhning 2021-yil eʼlon qilingan „Tanimadingmi“ albomidan qoʻshiqning remiksi oʻrin olgan.

Qoʻshiq pop-musiqa janrida boʻlib, lya minor tonalligida yozib olingan. Unda lirik qahramon suyuklisi boshqaga turmushga chiqayotgani haqida kuylaydi. Qoʻshiq uchun klip olingan. Klipda „Bojalar“ guruhining oʻsha paytdagi aʼzolari Moʻmin Oripov va Jahongir Poziljonov bilan bir qatorda taniqli aktyorlar, jumladan, Aziz Rametov, Erkin Komilov, Saida Rametova hamda Dilnoza Kubayeva rol oʻynagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz