ESKULAP ILON



ESKULAP ILON — suvilonlar oilasiga mansub ilon. Uzunligi 1,5 metrgacha. Rangi qo’ng’irsarg’ish, qo’ng’ir tusdan kulrang va deyarli qora ranggacha; ba’zan tanasining ustki tomonida ingichka oqish to’rsimon hoshiya bo’ladi. Janubiy, O’rta va Sharqiy Yevropa, kichik Osiyo va G’arbiy Afrika shimoli, G’arbiy Kavkaz, Yevropaning Janubda tarqalgan. Tog’larning toshli yon bag’irlari, xarobalar va bargli o’rmonlarda yashaydi. Kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O’ljasini tanasi bilan o’rab olib, bo’g’ib o’ldiradi. Urg’ochisi 5-8 ta tuxum qo’yadi. qadimiy Rim shifokorlik xudosi Eskulap qo’lidagi hassada Eskulap ilon rasmi tasvirlanganligi taxmin qilinadi (nomi shundan).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz