ESKIZ



ESKIZ (Fransuzcha ) — badiiy asar yoki uning alohida qismlari g’oyasini aks ettiruvchi dastlabki qoralama, xomaki asar. Eskizda bo’lajak asarning kompozitsiya yechimi, shakllarning fazoviy kenglikda joylashuvi va ularning o’zaro nisbatlari, umumiy rang tizimi xususiyatlari va boshqalar belgilab olinadi. Eskiz grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlikda ularning tasvir vositalari yordamida ishlanadi. Eskiz erkin, tez qoralama tarzida bajariladi, ayrim hollarda bo’lajak asarning mayda unsurlari ham o’z aksini topadi. Ko’p hollarda Eskiz mustaqil asar darajasiga qo’tarilishi va badiiy qiymatga ega bo’lishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz