ESKIMOSLAR



ESKIMOSLAR (o’zlarini Inuit deb atashadi) — xalqlar guruhi. Alyaska (AQSh, 38 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari), shimoliy Kanada (28 ming kishi), Grenlandiya oroli (grenlandlar, 47 ming kishi) va Rossiya Federatsiyasi (Magadan viloyati va Vrangel oroli, 1,7 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari)da yashaydi. Eskimos tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristian bo’lsalarda, amalda animizm, shomoniylik saqlanib qolgan. Asosiy mashg’ulotlari — ovchilik, baliq ovlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz