ESKI TUYATORTAR KANALI
ESKI TUYATORTAR KANALI, Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Mirzacho’lni sugorish uchun qazilgan dastlabki kanallardan biri. Zarafshon daryosining suvini Sangzor daryosiga quyadi. Zarafshondagi “birinchi may” to’g’onidan boshlanadi. Eski Tuyatortar kanali milod boshlarida qazilgan, 6-8-asrlarda o’zaro urushlar natijasida va arablar istilosi davrida vayron bo’lgan. 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon 7/davrida qayta tiklangan va keyinchalik Sirdaryo (karay va Mirzarabot) gacha yetkazilgan. 1912 yilda Samarqand general-gubernatori tomonidan qisman qayta tiklangan. Sho’rolar davrida kanal qayta qaziddi. Uzunligi 108,2 kilometr, suv o’tkazish imkoniyati 50 metr kub/sekund. Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 34 ming gektardan ortiq ekin maydonlari sugoriladi. 1987 yilda kanal trassasida Qorovultepa suv ombori qurilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz