ESHON
ESHON — sufiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, Eshonlar darvishlik, sufiylik oqimlarining biriga mansub bo’lgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar jamoasining rahbari ham Eshon deb atalgan. O’rta asrlarda sufiy rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari o’rnida Eshon, ba’zan “pir” so’zlari qo’shib ishlatilgan. Eshonlarga muridlarni sufiylik yo’liga o’rgatuvchi (murshid) sifatida qarab kelingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz