ESHITUV-MUVOZANAT NERVI



ESHITUV-MUVOZANAT NERVI — bosh miya nervlarining 8-jufti. Ikki funktsional — vestibulyar apparat (muvozanat a’zosidan impulslarni uzatuvchi) va chig’anoq (tovushni qabul qiluvchi) qismdan iborat. Vestibulyar qism ichki eshitish yo’lining tagida yotuvchi dahliz tugunchasidan, chig’anoq qism esa chig’anoqning suyak plastinkasi asosigacha boruvchi spiral tugunchadan boshlanadi. Eshituv-muvozanat nervining chig’anoq qism tolalari zararlansa (infektsion yoki shikastlanish tufayli), eshitish qobiliyatiga (kar bo’lishgacha) ziyon yetadi, vestibulyar apparat zararlansa, muvozanat buzilishi va bosh aylanishi kuzatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz