Escape from Taliban




Escape from Taliban (oʻzbekcha: Tolibondan qochish)  — 2003-yilda rejissyor Ujjal Chattopadhyaya tomonidan hindistonlik yozuvchi Sushmita Banerjining A Kabuliwalaʼs Bengali Wife (oʻzbekcha: Kobul yigitining bengal xotini) qissasi asosida suratga olingan film. Sushmita 1989-yilda afgʻon tadbirkoriga turmushga chiqib, 1995-yilgacha Afgʻonistonda yashagan. Shu vaqt ichida Tolibon unga oʻlim hukmini chiqardi. Chunki u islomni qabul qilish boʻyicha ularning qoidalariga rioya qilishni rad etib, Afgʻonistondan qochib ketgan. Qochish hikoyasi film uchun asos boʻlgan Sushmita Banerji Tolibon diktalariga qarshi chiqqani uchun 2013-yil sentabr oyida Afgʻonistonning Paktika viloyatida jangarilar tomonidan otib oʻldirilgan.

Mazmuni



Film real voqealarga asoslangan boʻlib, unda afgʻon tadbirkoriga turmushga chiqqan va eri bilan 6 yil mobaynida Afgʻonistonda yashagan, 1995-yilda esa Tolibondan qochib Hindistonga qaytib ketgan bengallik brahman ayol Sushmita Banerji hayoti aks etgan.

Rollarda




Musiqasi



Qoʻshiq matni muallifi Mehbub.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz