ESAMBOYEV MAHMUD ALISULTONOVICH



ESAMBOYEV MAHMUD ALISULTONOVICH (1921.15.7, Checheniston 2000, Moskva) — balet artisti, estrada raqqosi. Xalq artisti (1974). Mehnat Qahramoni (1984). Grozniy xoreografiya bilim yurtida ta’lim olgan (1939-41). 1944-56 yillarda qirg’iz opera va balet teatrida, 1957 yildan jahon xalqlari raqslari ijrochisi. Taras (Solovevsedoy, “Taras Bulba”), Kudake (Vlasov, Fere, “Anor”) kabi partiyalarni va opera spektakllaridagi raqs sahnalarini ijro etgan. Esamboyev San’ati ehtiros va his-hayajonga to’laligi, kuchli texnikasi bilan ajralib turadi. “Cho’pon” (chechencha, O’zbekcha), “jangchi” (Boshqirdcha), “Oltin Tangrim” (hindcha), “Olov raqsi” (marosim raqsi) kabi raqslari bilan tanilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz