Erzurumspor F.K.
Erzurumspor Futbol Kulübü , Erzurumda joylashgan.Turkiyaning professional futbol klubi boʻlib, turk futbolining eng yuqori toifasi boʻlgan Superliga oʻynagan.2005-yilda tashkil etilgan klubning ranglari koʻk va oq. Klub 2010-yilda havaskorlar darajasida futbol musobaqalarini oʻtkaza boshlagan. 2016 va 2018-yillar oraligʻida ketma-ket koʻtarilishlarga erishgan. Klub 2018—2019-yilgi mavsumda Superligada ishtirok etishga muvofaq boʻlgan.
Tarixi
Klub 2005-yilda
Erzurum Büyüşehir Belediyespor nomi bilan tashkil etilgan. Oʻzining ilk mavsumida klub mintaqaviy havaskorlarligasida ishtirok etdi va 49 achko bilan 2010-2011-Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasida 1-guruhda gʻolib chiqgan.2011—2016-yillar oraligʻida ular ketma-ket 5-mavsum TFF Uchinchi Ligasida oʻynashdi. Klub 2014-yilda
Buyukshehir Belediye Erzurumspor deb oʻzgartirilgan. Klub 2015—2016-yilgi TFF Uchinchi Ligasida gʻolib chiqgan va 36-oʻyinda 74 ta achko toʻpladi va " Kizilcabölükspor "dan 6 achko ortda qolgan edi. TFF ikkinchi ligasiga koʻtarilib, ular 2016—2017-yilgi mavsumda „Oq“ guruhda ishtirok etishgan va 61 achko bilan 3-oʻrinda mavsumni yakunlagandilar. Pley-offda mos ravishda Kojaeli Birlikspor, Amed SK va Gümüşhanespor jamoalarini magʻlub etib, 2017—2018-yilgi mavsumda TFF Birinchi Ligasiga koʻtarilishgan.2017—2018-yilgi mavsumda klub penaltilar seriyasidan soʻng, pley-off finalida 5:4 hisobida yakunlagan. Gʻazishehir Gaziantep FKni magʻlub etgan va birinchi marta Superligaga chiqgan.Ular Superligadagi ilk oʻyinini 2018-yil 12-avgust kuni Konya-Buyukshehir stadionida Konyasporga qarshi oʻtkazib,2:3 hisobida magʻlub boʻlishgan. Ularning Superligadagi ilk golini fransiyalik himoyachi Leo Shvexlen „Konyaspor“ darvozasiga kiritgan.Kelasi mavsumda 62 achko toʻplagan va TFF Birinchi Ligasida 2-oʻrinni egallagan va klub chempion Hatayspor bilan birga Superliga toʻgʻridan-toʻgʻri yuksalgan. Klub oʻzining futbol akademiyasini 2020-yil avgust oyida tashkil qilgan edi. 2021-yil 21-mart kuni 2020/21-mavsumning 31-turida " Antalyaspor "ga qarshi oʻyinda (1:3) magʻlub boʻlganidan soʻng, klub bosh murabbiyi Mesut Bakkalni isteʼfoga chiqargan. Klub 2021-yil 23-martda Ismoil Kartal bilan kelishuvga erishganini eʼlon qilgan bolsada, Karta ishga qabul qilinganidan atigi 5 kun oʻtib, Antaliyadagi mavsum oʻrtasidagi yigʻin chogʻida oʻz ishini; „na kuch, na harakatga ega“ deb asoslab, isteʼfoga chiqgan. 28-mart Klub Yilmaz Vural bilan kelishuvini 2021-yil 29-mart kuni eʼlon qilgan.
Stadion
Erzurumspor FK tashkil topganidan beri, oʻz oʻyinlarini Kazim Karabekir stadionida oʻtkazagan. 1968-yilda ochilgan stadion, 2011-yilgacha Turkiyaning 4-prezidenti Jemal Gursel, 2012-yilgacha „Yeni Erzurum“ stadioni va 2012-yildan buyon Kazim Karabekir stadioni xotirasiga bagʻishlangan „Jemal Gürsel“ stadioni nomi bilan tanilgan.
Faxrlar
Liga aloqalari
Jamoa statistikasi
Oxirgi mavsumlar
Hozirgi tarkib
2022-yil 8-sentabr[25]
Qarzga olingan
Murabbiylar shtabi
Manbalar
Andoza:BB Erzurumspor squadAndoza:TFF First LeagueAndoza:Süper Lig clubs
Turkiya:Turkiya futbol jamoalari
uz.wikipedia.org