Eryigitov Toʻychi




Toʻychi Eryigitov (1921.10.11, hozirgi Sugʻd viloyati, Tojikiston — 1943.5.10, Leningrad viloyati, Rossiya Federatsiyasi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1064oʻqchi polki (Volxov fronti 54armiyaning 281oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi. Smerdinya qishlogʻini ozod etishda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944-yil 21-fevral, vafotidan soʻng). Lyuban shahri, Asht tumanidagi jamoa xoʻjaligi hamda oʻzi oʻqigan va Toshkent shahridagi maktablarga nomi berilgan, tugʻilib oʻsgan qishlogʻi va Leningrad viloyatining Lyuban shahrida byusti oʻrnatilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz