Eruptiv yulduzlar




Portlovchi yulduzlar , eruptiv yulduzlar — fizik jihatdan oʻzgaruvchi yulduzlar sinfi. Ularda portlash jarayonlari (erupsiya) sodir boʻlishi natijasida ravshanligi gʻay-ritabiiy ravishda, koʻpincha kuchli oʻzgaradi. Portlovchi yulduzlarga oʻta yangi yulduzlar va boshqa oʻzgaruvchan yulduzlar taalluqli. Koʻpgina Portlovchi yulduzlarda chaqnash tashqi qatla-mini tashlash bilan va yulduzlarda gaz qobigʻi hosil boʻlishi hamda uning fa-zoda sochilishi bilan roʻy beradi. Bunday yulduzlarning ravshanligi 10—15 yul-duz kattaligigacha ortadi. Bunday hodisa fotosferaning katta (1000–2000 km/s) tezlikda toʻsatdan kengayishi bilan bogʻliq (yana qarang Yulduzlar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz