Ertuğrul Gazi masjidi




Ertuğrul Gazi masjidi yoki Ärtogrul Gazy masjidi Turkmanistonning Ashxobod shahrida joylashgan. Toʻrtta minora va markaziy gumbazga ega boʻlgan ushbu masjid Ashxobodning eng koʻzga koʻringan diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, nozik vitraj oynalari bilan bilan bezalgan hashamdor ichki bezaklarga ega.

Tarixi



1990-yilda Turkmaniston mustaqillikka erishgach, 1998-yilda Ertuğrul Gazi masjidi ochiladi. Masjid Usmonli imperiyasining asoschisi hisoblanmish Usmon I ning otasi Ertoʻgʻrul nomi bilan atalib, meʼmor Hilmi Şenalp tomonidan qurilgan.

Ushbu masjid qurilishi jarayonlarida tasodifiy ravishda koʻngilsizliklar roʻy beradi va bir nechta oʻlimlar sodir boʻladi. Aynan shu sababdan ham odamlar orasida masjid laʼnatlangan degan fikrlar paydo boʻladi.

Tavsifi



Ertuğrul Gazi masjidi asosan oq marmardan bunyod etilgan boʻlib, bino Istanbulning Ahmadiya masjidini eslatadi. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 nafargacha namozxonni oʻzida sigʻdira oladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz