Erotik nuqtalar




Insondagi erotik nuqtalar (shuningdek, erogon zonalar deb ham ataladi) tananing sezgirligi yuqori boʻlgan qismlari boʻlib, ularning stimulatsiyasi ehtirosli rohatlanish (jargonda seksual kayf ), jinsiy fantaziyalar, jinsiy qoʻzgʻalish va orgazm kabi seksual reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Erotik zonalar tananing barcha qismida mavjud boʻlib, har birining sezgirligi turlichadir. Bu esa stimulatsiyadagi davomli his-tuygʻularni taʼminlashga xizmat qiluvchi asab tugunlarining konsentratsiyasiga bogʻliq. Kishining erogen zonasiga teginish jismoniy yaqinlik harakati sifatida qabul qilinadi. Biror kishi oʻzining erotik nuqtalariga tegishlarini yoqimli yoki nomaqbul deb bilishi bir qator omillarga, jumladan, qoʻzgʻalish darajasiga, mavjud sharoitlarga, madaniy kontekstga, jinsiy sheriklar va ular oʻrtasidagi munosabatlar tarixi va tabiatiga bogʻliq.

Erotik zonalar ular keltirib chiqaradigan jinsiy reaksiyalarga koʻra tasniflanishi mumkin. Koʻp odamlar koʻz qovoqlari, qoshlari, chakkalari, yelkalari, qoʻllari, barmoqlari va sochlariga nozik tarzda teginilganda, ulardagi jinsiy reaksiya asta-sekinlik bilan qoʻzgʻaladi. Bu kabi nuqtalarga yumshoq teginish yoki silash, jinsiy aloqaning boshlanish paytida sherikni ehtiroslantiradi va qoʻzgʻalish darajasini oshiradi. Shuningdek, qorin boʻshligʻini yumshoq massaj qilish, silash, oʻpish yoki oddiygina kindikga teginish stimulyatsiya turlari, deya tavsiflanadi.

Tasniflanishi



Maxsus nuqtalar



Maxsus nuqtalar jinsiy reaksiya bilan bogʻliq boʻlib, jinsiy aʼzolarining tegishli qismlarini, xususan ikki koʻkrak uchlarini, jinsiy olatning boshi, toji yoki klitor va vulvaning yondosh qismi va perianal terini oʻz ichiga oladi. Bu nuqtalar innervatsiyaning yuqori zichligiga ega boʻlib, yaralarni davolash samaradorligi va umumiy miya stimulatsiyasini qoniqtirish kuchiga egadir.

Nomaxsus nuqtalar



Ushbu nuqtalardagi tuklar tanadagi teri tuklariga oʻxshab ketadi. Ulardagi nervlar va tuklar yuqori zichlikka egadir. Bu nuqtalarga boʻyinning yon va orqa qismlari, qoʻllarning ichki sohasi, qoʻltiq osti va koʻkrak qafasining yon tomonlari kiradi.

Jinsiy organlar



Erkaklarda



Erkaklar jinsiy olatining ogʻiz va ustki qisi, yon tomonlari, moyakning old tarafi, moyak va anal teshigi orasidagi teri va anus atrofidagi nuqtalar stimulyatsiya bilan qoʻzgʻatilishi mumkin.

Ayollarda



Vulva va uning atrofidagi joylar, ayniqsa klitor erogen zonalarning asosiy nuqlaridir. Qin (vagina) bir butun sifatida yuqori sezgirlikka ega boʻlmasa-da, uning pastki uchidagi qismida (kirish joyiga yaqin joyda) asab tugunlari konsentratsiyasi mavjud boʻlib, jinsiy aloqa davomida stimulatsiya qilinsa, yoqimli his-tuygʻularni taʼminlaydi. Ushbu nuqta qinning uchdan qolgan ikki qismiga qaraganda sezgirroqdir.

Son va tizza qismi



Sonlar teginishga sezgir boʻlib, son va tizzaning orqa tarafida haddan ortiq sezgirlik rivojlangan boʻlishi va bu kabi yuqori sezgirlikka ega odamlarda qitiqlashga nisbatan oʻtkir reaksiya koʻzga tashlanishi mumkin.

Oyoq va unga tutash joylarda



Kishining tovon va barmoqlarining nerv uchlari konsentratsiyasi sababli hamda miyaning oyoqlarga teginish hissiga hamda jinsiy aʼzolar hissiyotlariga javob beruvchi sohasi oʻrtasidagi yaqinlik tufayli seksual sezgilar hosil boʻlishi mumkin. Oyoqlarni yalash va/yoki barmoqlarni soʻrish baʼzi odamlar uchun yoqimli boʻlishi tabiiy holatdir. Shunga oʻxshash harakatlar, masalan, oyoq tagini massaj qilish ham erotik stimulyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Baʼzi odamlar oyoq qismida, ayniqsa oyogʻining tagi va tovonida sezgirlik yuqori boʻladi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz