Eroniy xalqlar
Eroniy xalqlar (forscha: مردمان ایرانی; tojikcha: мардумхои эронӣ; osetin: ирайнаг адæмтæ ) — hind-yevropa tillaridagi oriylar oilasining eroniy tillarida soʻzlovchi, kelib chiqishi umumiy boʻlgan xalqlar. Eroniy xalqlar Yevrosiyo qitʼsidagi eng qadimiy xalqlar oilasidan biri hisoblanadi. Ushbu xalqlarning yuzaga kelishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikka borib taqaladi. Eroniy xalqlar rivojlanishi va kichik sub-oilalarga boʻlinishi qadimgi Baqtriya (hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlari) hududida amalga oshgan. Eroniy xalqlarning umumiy soni taxminan 200 million kishini tashkil etadi. Hozirgi paytda Eroniy xalqlar asosan Eron, Afgʻoniston va Tojikiston, qisman Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq, Suriya, janubiy Rossiya, Gurjiston va Xitoy hududlarida keng tarqalgan. Ushbu xalqlar eroniy tillarda soʻzlashadi. Eroniy xalqlar tili, madaniyati va tarixi, dunyoda eng koʻp tatqiq qilinadigan ilmiy yoʻnalishlardan biridir. Eroniy xalqlar va turkiy xalqlar tarixi va madaniyati bir-biri bilan chambarchas bogʻliq.
Nomi kelib chiqishi
„Eroniylar“ yoki „eronliklar“ atamasi, tarixiy va qadimiy „Eron“ (forscha: ايراﻥ [ʔiˈɾɒn]) soʻzidan kelib chiqadi. Ushbu atama, qadimiy eron tilidagi a(i)ryāna — yaʼni oriylar yurti soʻzidan kelib chiqgan. Avestiylik tilida esa airyō.šayana „oriylar makoni“, airyå daiŋʹhāwō — „oriylar yurti“, parfiya va soʻgʻdiylar tilida aryān deb nomlangan. Hozirgi paytda, Eron dunyodagi mavjud davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, eroniy xalqlar etnik guruhi nafaqat hozirgi Eron hududida, balki uning tashqarisida ham keng tarqalgan.
Etnogenezi
Eroniy xalqlar kelib chiqishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikda, Baqtriya va Margʻiyona (hozirgi shimoliy Afgʻoniston va Pokiston va janubiy Oʻzbekiston va Tojikiston hududlari) hududida keng tarqalgan hindo-eron kontinuumining inqirozga uchrab barham topishi bilan boshlangan. Ushbu inqiroz oqibatida, hindo-oriylar, mintaniylar va vujudga kelayotgan eroniy xalqlar bir-biridan jugʻrofik va lingvistik tomondan uzoqlashib tarqoq holga kelgan.
Eramizdan avvalgi II-mingyillik oxirida, yangi vujudga kelgan eroniy xalqlar guruhlarning baʼzilari Oʻrta Osiyo hududlaridan koʻchib oʻtib, Hindukush, Mesopotamiya, Pomir va boshqa hududlarga oʻrnashishadi. Ushbu koʻchishlar oqibatida yanada koʻplab eroniy etnik guruhchalar yuzaga keladi.
„Eronliklar“ terminining hozirgi maʼnolari
Hozirgi paytda „eronliklar“ atamasi asosan zamonaviy Eron davlatida yashovchi xalqlarga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, hozirgi paytda va asosan undan oldinroq, ushbu atama bilan Eron hududidan bir necha marotaba kattaroq boʻlgan hududlarda yashovchi xalqlar nazarda tutiladi. Ushbu katta oʻlkaga Oʻrta Osiyoning janubiy qismi, Afgʻoniston, shimoliy Pokiston, Iroq va Suriya, shuningdek janubi-sharqiy Turkiya kiradi. Baʼzida ushbu hududlar „Katta Eron“ yoki „Buyuk Xuroson“ deb ataladi.
Eroniy tillar
Janubi-gʻarbiy tillar Ushbu kontinuumga qattiq farqlanadigan hazoralar va choraymoqlar tillari, shuningdek:
Shimoli-gʻarbiy tillar Janubi-shaqriy tillar Shimoli-sharqiy Tarixi
Qadimgi eroniylar
Eramidan avvalgi I-mingyillik oxirida eroniy xalqlar katta hududlarga tarqalib, Oʻrta Osiyo, Eron togʻligi, Hindukush, Hind, Kavkaz va boshqa joylarda oʻrnashib olishadi.
Quyida qadimiy koʻchmanchi va koʻchmanchi boʻlmagan eroniy xalqlar koʻrsatilgan:
Vujudga kelishi
Hozirgi eroniy xalqlar va ularga qardosh baʼzi turkiy xalqlar vujudga kelishi bir nechta davrlarda yuz bergan:
Hozirgi eroniy xalqlar
Madaniyati va eʼtiqodi
Katta Eron
Katta Eron yoki
Buyuk Eron (fors. ایران بزرگ — Iran-e bozorg; fors. ایرانزمین — Iranzamin) — tarixiy, madaniy, diniy va siyosiy oʻlka. „Katta“ yoki „Buyuk“ oʻlkasi quyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi: hozirgi Eronning hududi, gʻarbiy va shimoliy Iroq, shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, sharqiy, shimoliy va janubiy Gurjiston, Afgʻoniston, gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoliy Pokiston, Tojikiston, janubiy va gʻarbiy Qirgʻiziston, janubi-gʻarbiy va janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor tumani janubi va gʻarbi, Rossiyaning Dogʻiston, Checheniston, Ingushiya va Shimoliy Osetiya hududlari.
XIX asrdan to hozirgacha eronshunosligida ham „Katta Eron“ ham „Eron“ atamalari ishlatilib kelinadi. Shuningdek „Buyuk Eron“ va „Eron madaniy oʻlkasi“ kabi atamalar ham uchrab turadi. „Katta Eron“ oʻlkasi hozirgi siyosiy jabhadan tubdan farq qilib, faqat tarixiy, madaniy va diniy birlikka ishora qiladi. „Katta Eron“ oʻlkasi tarixi Sosoniylarning ushbu oʻlkaga kiruvchi hududlarini bosib olib Sosoniylar davlatiga asos solinganida boshlangan va boshqa sulolalar tomonidan davom ettirilgan. Forslar ushbu hududlarni egallab olishgani bilan ular oʻz dini, tili va madaniyatini mahalliy xalqlarga singdirishgan. Asrlar osha ushbu xalqlar va hududlar juda qalin hamkorlikda boʻlishgan.
Oʻlkaga kiruvchi hududlar
Qadimda
Hozirgi paytda
Madaniyati
Ildizi eroniy boʻlgan va eroniy xalqlar bilan bogʻliq xalqlar
Eroniy va forsiy madaniyat Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo tarixi va madaniyatida chuqur iz qoldirgan. Ushbu madaniy izlar, saklar va massagetlar qabilalari, ulkan Ahamoniylar Imperiyasi, Sosoniylar Davlati davrlarida yanada chuqur ildiz otgan.
Eroniy xalqlar va birinchi navbatda forslar boshqa yerlarni bosib olayotgan paytda ushbu xalqlarga oʻz madaniyati va eʼtiqodini targʻib qilgani va ularning baʼzilari mahalliy xalqlar bilan assimilyatsiyaga uchragani oqibatida ushbu izlar yanada rivojlangan. Ushbu izlar, hozirgi baʼzi turkiy xalqlar etnogenezida chuqur ildizga ega va ushbu turkiy xalqlar eroniy xalqlar bilan tarixiy va madaniy jihatdan qarindosh. Ushbu xalqlar etnogenezida forsiy va eroniy qonlar katta qismni egallaydi. Eroniylarga qardosh ushbu turkiy xalqlarga ozarbayjonlar, turkmanlar, oʻzbeklar va uygʻurlar kiradi.
Dini va eʼtiqodi
Hozirgi eroniy xalqlarning asosiy qismi islom dinining ikki mazhabiga (sunniylik va shialik) eʼtiqod qilishadi. Bular:
Shialik mazhabining boshqa oqimlari:
Baʼzi kurdlar yezidizm dini — islom dinidan juda katta farqlanib, islomdan oldingi diniy eʼtiqodlarni oʻz ichiga oladigan dinga eʼtiqod qilishadi. Shuningdek, eroniy xalqlardan baʼzilari zardushtiylik diniga eʼtiqod qilishadi. Zardushtiylar asosan Eron, Ozarbayjon va Afgʻonistonda tarqalgan.
Osetiya „oroli“
Boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan farqli oʻlaroq, Kavkazdagi alohida, boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan uzoq joylashgan eroniy Alaniya (Osetiya) oʻlkasi boshqacha rivoj va inqirozga yuz tutgan. Alanlarning Oʻrta Osiyodagi Xorazm va Soʻgʻd eroniy oʻlkalari bilan mustahkam aloqalari eramizning I-mingyilligi oxirigacha uzilmay kelgan. Ushbu aloqalar susayishi va inqirozga yuz tutishi birinchi navbatda alanlarning Kavkaz xalqlari bilan aralashuvi va Vizantiyaga oshiqishi muhim rol oʻynagan. Keyinroq alanlar moʻgʻullar istilosidan keyin oʻzlarini tiklay olmay inqirozga yuz tutgan.
Alanlarning hozirgi avlodlari — osetinlar ushbu inqirozlar tufayli boshqa eroniy xalqlardan uzoqda qolib keishgan va Kavkazning baʼzi xalqlari bilan qoʻshilishgan. Buning natijasida osetinlar madaniyatida Kavkaz eroniy madaniyatdan ustun kelib osetinlarni eroniylikdan yanada uzoqlashtirgan. Shuning uchun hozirgi osetinlar eroniy xalq hisoblansa ham, boshqa eroniy xalqlardan keskin farq qilishadi. Ushbu farq osetinlarning eʼtiqodida yanada yaxshiroq koʻrinadi, chunki osetinlarning asosiy qismi xristan dinining pravoslavlik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
Adabiyot
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org