Eronda Ismoililar hokimyati
Eronda Ismoiliylar hokimyati Saljuqiylar istilosi va feodal zug‘umlarning ortib borishi
natijasida Eronda qarama-qarshiliklar keskinlashdi. XI-XII asrlardan
saljuqiylar hokimiyatiga qarshi muxolifat diniy tarafdan o‘z asosini
topdi. Sunniylarning fikricha, shialar bid’atchi edi. Eronda XI asrdagi
Ismoiliylar harakatiningijtimoiy asoslari tadqiqotchilar tomonidan hali
to‘liq tadqiq qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, Ismoiliylar
hunarmandlarga, shahar kambag‘allariga va tog‘li hududlardagi
dehqonlarga tayangan. Eronga Ismoiliylar tariqatini yoygan shaxs Misr
ismoiliy xalifalarining vakili Xasan ibn Sabboh edi. Eʼtibor va ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan Ismoiliy
targ‘ibotchilarig‘oyaviy tayyorgarlik va uzoq tekshiruvdan
so‘ngtariqatning birinchi bosqichini bosib o‘tishgan. Barcha bosqich 7
ta bo‘lgan, eng yuqori martabaga erishganlar "tog‘lik pir" ning yaqin
yordamchilariga aylanishgan. Bunday martabaga erishganlar juda
kamchilikni tashkil qilib, ko‘pchilik birinchi yoki ikkinchi bosqichda
bo‘lgan. Shafqatsiz taʼqiblar ham ismoiliylik faoliyatining to‘xtashiga
olib kelmadi. 1092-yili ular tomonidan Nizomulmulk va keyin uning
o‘g‘li o‘ldirildi. Ismoiliylik qurbonlari ro‘yxati juda ko‘p: Fatimiylar
xalifalaridan biri, ikki Abbosiylar xalifasi, musulmon ulamolari,
amirlar, Suriyadagi salibchilar yetakchisi va boshqalar.
Vaqt o‘tgani sari Alamutdagi Ismoiliyylar hokimiyatida jiddiy
o‘zgarishlar yuz berdi, feodal aloqalar kuchaydi. Ismoiliylar yaqin
oradagi mustahkam qal’alarni zabt etdilar, dehqonlar bilan yaqin aloqa
o‘rnatdilar va karvon savdosi bilan shug‘ullana boshlashdi. Ismoiliylar
hokimiyati endilikda diniy tariqat va ismoiliylik aqidalariga bepisand
oddiy feodallarga qoldi. XIII asr boshlarida Alamut davlati oddiy
feodal davlatga aylanib qoldi.
uz.wikipedia.org