Eron taomlari ro'yxati
Eron oshpazlik madaniyati tarixan qardosh xalqlarning oshxonalari, jumladan kavkaz, turk ,levant, yunon,oʻrta osiyo hamda rus oshxonasi bilan oʻzaro aloqada boʻlgan Vaqtlar mobaynida,Eron oshxonasining ayrim odat va xususiyatlari forslashgan musulmon sultonliklari va Oʻrta Osiyoda shakllangan Moʻgʻullar sulolasi orqali Hindiston va Pokiston oshxonalari tomonidan ham oʻzlashtirildi.
Taniqli Eron mahalliy taomlari — guruch,goʻsht, sabzavot va yongʻoq bilan kombinatsiyalashgan holda tayyorlanadi. Mahalliy barra koʻkatlar Eron taomnomasining ajralmas qismi boʻlib, doimiy bezak mahsulotlari hisoblanadi. Shuningdek, olxoʻri, anor, behi, oʻrik, oʻrik va mayiz kabilar fors oshxonasining asrlar mobaynidagi oʻzgarmas mevalaridir. Zaʼfaron, quritilgan limon va boshqa nordon taʼm manbalari, shu bilan bir qatorda doljin, zerdeçal va maydanoz kabi ajoyib xarakterli eron xushboʻylatuvchilari oʻzaro aralashtirlib, taomlarning asl siri deb ishoniladi.
Eronning har bir mintaqasining oʻziga xos taomlari bor. Ularning aksariyati milliy taomlar hisoblanib, mamlakatning hamma yerida tayyorlanadi va isteʼmol qilinadi. Eronning mashhur va mazali taomlaridan biri guruch va qoʻy yoki mol goʻshti bilan tayyorlanadigan Chelu kabobdir. Chelu joʻje, chelu xuresh va chelu moʻrgʻ keng tarqalgan Eron taomlaridandir. Aksariyat eronliklar anʼanaviy va mazali Eron shoʻrvasini ham yaxshi koʻradilar. Eron xalqining mol goʻshti, qoʻy, tovuq va baliq goʻshtiga boʻlgan muhabbati tufayli Eron oshxonasida turli xil va mazali taomlar mavjud. Eron taomlarining asosini guruchli taomlar, bodom, pista, qaynatilgan sabzi yoki apelsin qobigʻi va mayiz, bundan tashqari esa sabzavot va ziravorlar hamda vaqti-vaqti bilan goʻsht tashkil etadi.
Bundan tashqari Eron taomlari orasida ikra va qisqichbaqalar ham mavjud. Non va guruch eronliklarning asosiy taomidir. Eron noni juda xilma-xildir. Eron aholisining aksariyati ovqatlarini non bilan isteʼmol qiladilar. Ayron sovuq ichimlik, choy esa Eronda keng tarqalgan issiq ichimlik hisoblanadi. Eronliklar koʻpincha choyni boshqa ichimliklar, jumladan, qahvadan afzal koʻradilar.
Eron taomlari xorijda, ayniqsa London, San-Fransisko, Toronto, Xyuston va Los-Anjeles atrofidagi Eron diasporalarida tez-tez uchraydi .
Eron nonlari
Guruch tayyorlash turlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org