Eron riali




Rial (forscha: ریال) — Eronning 1798—1825-yillar va Eronning 1932-yildan beri pul birligi.

1 rial 100 dinorga teng, ammo rialning kursi pastligi sababli hisob-kitoblarda dinorlardan deyarli foydalanilmaydi.

Hozirda 50, 100, 250, 500, 1000, 2000 va 5000 rial nominalidagi tangalar; 100, 200, 500, 1000, 2000, 5000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 riallik banknotalar muomalada. Markaziy bank shuningdek, rasmiy banknota deb hisoblanmaydigan 500 ming va 1 million rial nominal cheklarni chiqaradi.

1932-yilgi valyuta islohotidan oldin Eronning pul birligi fors tumani edi. (1 tuman = 10 kran, 1 kran = 1000 dinor.) „Tuman“ nomi norasmiy hisob birligi sifatida 10 rial miqdorini koʻrsatish uchun ishlatiladi.

Tarixi



Rial birinchi marta 1798-yilda Eronning (Oʻsha payit Fors) hosila valyutasiga aylangan edi. Riallar nominal qiymati 1250 dinor (maydalaniladigan birlig) yoki 1/8 tuman (asosiy birlik) boʻlgan tangalar sifatida kiritilgan. 1825-yilda rial chiqarilishi toʻxtatildi va 1932-yilgacha Eronning pul birligi Fors tumani edi.

2019 -yilning 31-iyulida Eron hukumati Markaziy bankning pul islohotini oʻtkazish va rialnig oʻrniga tuman 10 000 rialga teng yangi pul birligini joriy etish taklifiga rozi boʻldi. Islohotni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Eron parlamenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

2020-yil 4-may kuni Eron parlamenti milliy valyuta nomini oʻzgartirish va denominatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Ushbu hujjatga koʻra, davlat hududida muomalaga chiqarilgan yangi pul birligi tuman deb nomlanadi. Bitta tumanni almashtirishda 10 ming rial mos keladi.

Rialning pul muomalasi bosqichlari




1932—1943



1932-yil seriyasi

1937-yil seriyasi

1942-yil seriyasi


1944 — 1979 boshlari



1944-yil seriyasi


1949—1951-yillar seriyasi


1944-1979-yillar seriyasi

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz