Eron Ozarbayjoni




Eron Ozarbayjoni yoki Janubiy Ozarbayjon (forscha: آذربایجان ایران‎; ozarbayjoncha: Cənubi Azərbaycan / جنوبی آذربایجان) — Eron Islom Respublikasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan tarixiy, geografik, etnografik va siyosiy oʻlka yoki viloyat. Eronning 4 ta ustoni: Ardabil, Gʻarbiy Ozarbayjon, Sharqiy Ozarbayjon va Zanjon hududlarini oʻz ichiga oladi. Shimoldan Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi bilan, gʻarbdan Turkiya Respublikasi, sharqdan Kaspiy dengizi, janubdan Eronning Qurdiston, Hamadon, Qazvin va Gilon ustonlari bilan chegaradosh. Ushbu hududlarda Erondagi ozarbayjonlarning asosiy qismi istiqomat qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz