Eron kosmik agentligi




Eron kosmik agentligi ( ISA , forscha : سازمان فضایی ایران) — 2009-yilda Eronni orbital kuch-qudratga ega mamlakatga aylantirgan agentlik hisoblanadi. Eron 1958-yil 13-dekabrda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qoʻmitasining (COPUOS) 24 ta asoschi aʼzolaridan biridir. 

Tarixi



ISA 2004-yil 28-fevralda Eron parlamenti tomonidan qabul qilingan Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi vazifalari va vakolatlari to‘g‘risidagi qonun (2003-yil 10-dekabr)ning 9-moddasiga muvofiq tashkil etilgan. Tasdiqlangan nizom asosida ISA kosmik texnologiyalarni tinch maqsadlar yoʻlida qoʻllash boʻyicha Erondagi barcha harakatlarni qamrab olish va qoʻllab-quvvatlashga maʼsuldir.

Konsullikning asosiy vazifalari kosmosdan ezgu maqsadlarda foydalanishga qaratilgan kosmik texnologiyalar qoʻllanilishi siyosatini ishlab chiqish, milliy tadqiqot sunʼiy yoʻldoshlarini ishlab chiqarish, uchirish va ulardan foydalanish, koinotga oid davlat va xususiy sektor dasturlarini tasdiqlash, xususiy va kooperativ sektorlar hamkorligini rivojlantirish, kosmosdan samarali foydalanish, kosmik masalalarda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka oid koʻrsatmalarni aniqlashdan iborat.

Kengash tomonidan belgilangan strategiyalarga amal qilish va amalga oshirish uchun ISA Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligiga qarashli avtonom organizatsiya bilan biriktirildi. Bir vaqtning o‘zida kosmik agentlik prezidenti Aloqa va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari hamda Koinot Oliy Kengashi kotibi lavozimlarini egallaydi.

2015-yilda Eronning kosmik dasturi xalqaro bosimlardan so‘ng Prezident Ruhoniy tomonidan xufyona to‘xtatilgan edi. Keyinchalik hokimiyat tepasiga Prezident Raisi kelgach, 2021-yilda dastur qayta tiklandi.

Budjeti



2014-2015 yillarda kosmik agentlik uchun ajratilgan budjet 1,865,583 rial (71,753,192 $) edi. Boshqa aloqador tashkilotlarga esa alohida mablagʻlar ajratilgan. Eron kosmik tadqiqotlar markazi 2015-yil oxiri uchun qoʻshimcha 1.751.000 rial (67.346.100 $) sarmoya oldi.

2008-yil uchun sarflangan budjet 3,9 milliard AQSh dollarini tashkil etganiga qaramay bu „siylov“ faqat bir yil yoki uzoqroq muddatga berilganmi, aniq emas edi.

Prezident Hasan Ruhoniy davrida Eron Kosmos Agentligi uchun 2017-yil tikilgan budjet 4,6 million AQSh dollarigacha tushib ketdi.


Sunʼiy yoʻldosh kosmik raketalari




Safir



Eron balandligi 22 m, yadro diametri 1,25 m boʻlgan, ikkita suyuq yoqilgʻi pogʻonasi, bir va ikki kamerali, ikkinchi pogʻonada SLV koʻtarilish massasiga ega 26 tonnadan oshadigan Safir sunʼiy yoʻldosh raketasini ishlab chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmik ishlar boʻyicha boshqarmasining yillik yigʻilishida taqdim etilgan texnik hujjatlarga koʻra, bu barcha suyuq yoqilgʻi dvigatellariga ega ikki bosqichli raketa sanaladi. Sunʼiy yoʻldosh raketasining birinchi bosqichi ortilgan yukni maksimal 68 kilometr balandlikka koʻtarishga qodirligi texnikaning mukammal darajada yaratilganligining isboti edi.

Safir-1B Safir ning ikkinchi avlodi boʻlib, 60 kg ogʻirlikdagi sunʼiy yoʻldoshni elliptik orbitagacha 300-400 km/soat tezlikda bemalol chiqara oladi. Yangi avlod raketasi dvigatelining quvvati 32 tonnadan 37 tonnagacha oshirilgan.


Semurgʻ



2010-yilda Semurgʻ nomli ogʻir sunʼiy yoʻldoshlarni orbitaga olib chiqadigan yanada kuchli raketa ixtiro qilindi. Semurgʻ raketasi 27 metr uzunlik va 85 tonna massaga ega. Uning birinchi bosqichi har biri 29 000 kilogramm gacha boʻlgan toʻrtta asosiy dvigatel bilan ishlaydi. Itarish kuchi ning 1/5 qismi munosabat nazorati uchun ishlatiladi. Semurgʻ 350 kilogramm massaga ega foydali yukni 500 kilometrlik past Yer orbitasiga qoʻndirish imkoniyatiga ega. 2015-yilda Isroil OAVlari Semurgʻ ekipajli kosmik kema yoki sunʼiy yo‘ldoshni koinotga olib chiqishga qodirligini xabar qilishgandi. Raketaning birinchi parvozi 2016-yil 19-aprelda amalga oshirildi.

Zuljanah



2021-yilning 1-fevralida Eron 220 kg og‘irlikdagi sunʼiy yo‘ldoshlarni tashishga qodir bo‘lgan Zuljanah nomli so‘nggi sunʼiy yo‘ldosh raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini maʼlum qildi..Kosmik raketa uch bosqichdan iborat boʻlib, har biri 75 tonna tortish kuchiga ega 2 ta qattiq yonilgʻi dvigateli va soʻnggi tipdagi suyuq yoqilgʻi bilan jihozlangan.

Qoqnos



2013-yilning 2-fevralida Eron Kosmos agentligi rahbari Hamid Foziliy yangi sunʼiy yo‘ldosh tashuvchisi boʻlgan Qoqnus Semurgʻ dan keyin katta hajmli yuklarni tashish uchun ishlatilishi haqida xabar berdi.

Soroush 1 va 2



ISA kelajakda 8 va 15 tonnali foydali yuklarni kosmosga joylashtirish quvvatiga ega Soroush 1 va 2 deb nomlangan yangi avlod raketalarini barpo qilishni rejalashtirmoqda.

Kosmik markazlar




Eron kosmik agentligining asosiy markazi suborbital Shahab 3s raketasi uchirilgan Shohrud shahrida joylashgan36°25′0″N 55°01′0″E / 36.41667°N 55.01667°E / 36.41667; 55.01667 (Iranian Space Agency Emamshahr) G O

Qum—34°39′0″N 50°54′0″E / 34.65000°N 50.90000°E / 34.65000; 50.90000 (Iranian Space Agency Qom) G O koordinatalarida joylashgan boshqa uchirish maydonidir.

Mamlakat Kavoshgar-1 deb nomlangan birinchi Safir toifali suborbital raketasining ochilish marosimi munosabati bilan 2008-yil 4-fevralda oʻzining ilk sunʼiy yoʻldoshlar uchirish markazini taqdim etdi. Markaz 35°14′02″N 53°55′16″E / 35.234°N 53.921°E / 35.234; 53.921 (Iranian Space Agency Satellite Launch Center Semnan) G O koordinatalaridagi Semnan shahrida barpo qilingan. Bino boshqa tuzilmalar qatori yer osti qoʻmondonlik markazi, kuzatuv stansiyasi va ishga tushirish maydonchasini oʻz ichiga oladi.

2010-yilning dekabr oyida sunʼiy yoʻldoshni orbitaga kiritishda birinchi kosmik markazning geografik noqulayliklari sabab ikkinchi uchirish maydonchasini oʻrnatish boʻyicha tadqiqotlar olib borilganligi eʼlon qilinib,2016-yil Imom Humayniy nomidagi yangi milliy kosmodrom Semnan shahri yaqinida barpo qilindi.

Ushbu yangi port Amerikaning Kennedi kosmik markazi yoki Boyqoʻngʻir kosmodromiga oʻxshash Eron kosmik missiyalarini uchirish uchun foydalanildi. 2011-yilning mart oyida Jeynʼs Information Group olgan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari tahlili asosida Eron kosmik markazlari agressiv tarzda murakkab obyektlarni juda tez sur’atlar bilan qurayotgani va bu mamlakatda koinotga boʻlgan ishtiyoqni yuqori darajda oshib borayotganligini koʻrsatishi haqida xabar berdi.

Eron Mudofaa Vazirligi generali Ahmad Vohidiyning soʻzlariga koʻra, 2013-yilning iyun oyida Eron oʻzining birinchi kosmik monitoring markazini Markazi viloyatidagi Delijon shahri yaqinida ochdi. Imom Jaʼfar Sodiq nomini olgan ushbu yangi markaz asosan elektro-optik va radio tizimlaridan foydalangan holda havoda oʻtayotgan kosmik jismlar va sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish va aniqlash uchun foydalaniladi
.

Kosmik dasturda inson



1990-yil 21-iyunda Sovet va Eron prezidentlarining sammiti chogʻida Eron birinchi marta koinotga odam yuborish niyatini bildirdi. SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov oʻsha paytdagi prezident Akbar Hoshimi Rafsanjoniy bilan "Mir" kosmik stansiyasiga sovet-eron ekipajlarining qoʻshma parvozlarini amalga oshirish toʻgʻrisida prinsipial kelishuvga erishdi, lekin Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin kelishuv amalga oshmay qoldi.

Oradan deyarli 20 yil oʻtgach,Eron axborot agentligi 2005-yil 21-noyabrda eronliklarning kosmik kema va kosmik laboratoriya yaratish rejalari bilan bir qatorda kosmik dasturlarda fazogirlar koinotga yuborilishi kerakligini bu esa, sohada yangidan-yangi kashfiyotlar ochilishiga imkoniyat tugʻdirishi mumkinligi haqidagi daʼvolarini yoritadi.

Eron Aerokosmik Sanoat Tashkiloti rahbari Reza Tahpur 2008-yil 20-avgustda Eron 10 yil ichida koinotga insoniy missiyani amalga oshirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu maqsad Eron Islom Respublikasini 2021-yilga kelib mintaqaning yetakchi kosmik kuchiga aylantirish uchun keyingi 10 yil davomidagi eng muhim ustuvor yoʻnalish sifatida taʼriflandi.

2010-yilning avgust oyida prezident Ahmadinjod Eronning birinchi kosmonavti 2019-yildan kechiktirmay Eron kosmik kemasi bortida koinotga jo‘natilishi kerakligini eʼlon qildi. Mamlakat kosmik dasturining inson missiyasiga koʻra, birinchi suborbital kosmik parvoz 2016-yilda orbital kosmik parvozga tayyorgarlik sifatida 200 kilometrdan past balandlikda amalga oshirildi

2015-yilning 17-fevralida davlat astronavtlarni koinotga olib chiqishga qodir bo‘lgan ekipajli kosmik kemaning soxta prototipini namoyish qildi. Eron maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, ushbu dastur 2017-yilda nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan. 2021-yildan beri hozirgi kosmik kema 2026-yilgacha koinotga odam yuborishga tayyorlanmoqda.

Kosmik stansiya



Xitoyning norasmiy internet manbalariga ko‘ra, boʻlajak Xitoy Kosmik Stansiya dasturida Eronning ishtiroki muhokama qilingan. Bu ishtirok shunchaki astronavtlarni 60 tonnalik kosmik stansiyaga yuborishdan iboratgina boʻlib qolmay, kosmik laboratoriya modulini ishlab chiqishga hissa qoʻshishdan ham iborat boʻlishi mumkin. Kosmik Parvozlar boʻyicha Xalqaro Hamkorlik tashkilotining rasmiy oshkor etishicha,Xitoyning Eron bilan hamkorlikdagi Shenchjou 7 kosmik kemasi ishga tushirilgan.

Oyga chiqish dasturi



2011 va 2012-yillarda G‘arb OAVlari Eron 2025-yilgacha Oyga kosmonavt qo‘ndirish niyatida ekanligini eʼlon qilgan edi. Biroq, bugungi kunda davlatda oʻrtacha koʻtaruvchi raketa va yetarli texnologiyalar yetishmovchiligi sababli Oyga odam joʻnatishga qodir emas.


Dastur atrofidagi gʻarb muhokamalari



Eronning kosmik dasturi AQSh va Yevropa tomonidan uning harbiy salohiyatidan xavotirga tushish bilan qoralandi. Baʼzi tahlilchilar Eronning kosmik texnologiyalar sohasidagi nisbatan tez oʻsishishini Sovet Sputnik dasturi bilan taqqoslashdi. Bu taraqqiyot Eronning harbiy sohalarda ham salohiyatini oshirishi juda yuqori edi. Eronning kosmik dasturi boʻyicha harbiy xavotirlar Safir raketasining ilgʻor 2-bosqichi tufayli kuchaygan. Ozod Yevropa radiosi uchun suhbatda ishtirok etgan mustaqil ekspertlar AQSh va Yevropaning turli daʼvolariga qo‘shilishmaydi. Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti ning taʼkidlashicha, kosmik raketa dasturi raketalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, ammo bu qitʼalararo ballistik raketalar kabi uzoq masofali raketalarni ishlab chiqish uchun yorliq emas. Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti vakili Maykl Ellemanning taʼkidlashicha, Mayk Pompeo kabi AQSh tomonidan bildirilgan daʼvolar Eron dasturining ICBM dasturiga qoʻshgan hissasini qoʻpol ravishda boʻrttirib koʻrsatmoqda, fikrlar esa bu shunchaki assosiz siyosiy bayonot boʻlib,Eron salohiyatini notoʻgʻri baholash yoʻlidagi gʻarazlik deyiladi. ST Analytics tahlilchisi Markus Shillerning fikricha, Eron 2 000 km dan ortiq maydonda kosmik raketalarni yaratishga urinayotgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligi islom respublikasi qisqa va oʻrta masofali raketalarning takomillashuvi ustida ishlayotganini ko'rsatadi.


Amerika toʻsqinligi



2019-yilda Nyu-York Times gazetasi AQSh bir necha yillar davomida Eronning kosmik dasturi va dastur yoʻlidagi davlatning har qanday saʼy-harakatlarini sabotaj qilayotgani haqida xabar berdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz