Eron kalendari




Eron kalendari —quyosh yil hisobiga asoslangan bo‘lib,  torix-e hejri-ye shamsi deb nomlanadi.
Eron kalendaridagi 12 oyning birinchi oltitasi 31 kundan, keyingi beshtasi 30 kundan va 12- oy 29 kun (kabisa yili) 30 kun. 
Bir yil 365 ( 366 ) kunga to‘g‘ri keladi.
Bu kalendar 1925- yilda rasmiy ravishda Majlis tomonidan Eronning asosiy davlat kalendari deb belgilandi va 1304-yil hijriy-shamsiyning 1 farvardin oyi (ya’ni 21- mart 1925- yil) yangi yilning birinchi kuni deb e’lon qilindi. Eron kalendarida yangi yil 
no ‘uruz (navro‘z) bayrami bilan boshlanadi. Haftada dam olish kuni jo ‘m ’e ( juma) kuni bo‘ladi.Eron kalendaridagi hijriy-shamsiyni Yevropa yil hisobiga aylantirish uchun ko‘rsatilgan yilga 621 sonini qo‘shish kerak.
Masalan, hijriy-shamsiyning 1347- yili Yevropa kalendarining 1968-yiliga to‘g‘ri keladi. Eron kalendarining oxirgi oylari Yevropa kalendarining kelasi yilgi yanvar, fevral va mart oylarini o‘z ichiga olgani uchun,hijriy-shamsiyning ma’lum bir yilini Yevropa yil hisobiga aylantirganda odatda ikki yil bilan ishora etiladi. 1347=1968-1969.
Yevropa yilini hijriy yili bilan belgilanganda ham shu hol saqlanadi: 1968=1346-1347.
Hijriy-shamsiyda berilgan yilning oy va kunlari bilan to‘la Yevropa yil hisobiga aylantirish lozim bo‘lsa, maxsus jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz