Eron imperator armiyasi
Eron imperator armiyasi pahlaviylar davrida Eron Qurolli kuchlarining asosiy qismi boʻlgan. Armiyaning asosiy vazifasi mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash va uni harbiy bosqinlardan himoya qilish edi. Imperator armiyasiga Rizoshoh asos solgan. Imperator armiyasi tuzilishiga sabab Qojarlar sulolasi davrida Eronda markazlashgan armiya mavjud emas edi. 1957-yil 22-fevralda Eronda inqilob sodir boʻldi. Shoh mamalakatni tashlab chiqib ketdi.Inqilob natijasida Pahlaviylar sulolasi taxtdan agʻdarildi. Inqilobdan keyin imperator armiyasining koʻplab yuqori martabali zobitlari qatl etildi.
Muhammad Rizo Pahlaviy davrida Eron armiyasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash ishlari jadallik bilan olib borildi. Shohning toʻgʻridan-toʻgʻri buyrugʻi bilan F14 rusumli Amerika qiruvchi samolyotlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan imperator armiyasi Eron-Iroq urushida Eronga katta yordam berdi. Harbiy kemalarni sotib olib, armiya floti Fors koʻrfazini bir oʻzi nazorat qilish qudratiga erishdi. Imperator armiyasi quruqlikdagi boʻlginchi guruhlar kuchini bostirdi va Ozarbayjondagi qoʻzgʻalonga chek qoʻydi. Imperator armiyasi butun Eronda milliy suverenitetning mustahkam oʻrnatilishiga katta yordam bergan. (Imperator armiyasi 1957-yilgacha dunyodagi eng kuchli harbiy kuch boʻlgan.)
Imperator armiyasining oʻrni
Imperator armiyasi Pahlaviylar sulolasi tuzumida alohida ahamiyatga ega edi. Rizoshoh va uning oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy armiyaning Eronning hududiy yaxlitligini saqlab qolishiga umidvor boʻlishgan, shuning uchun mamalakat byudjetining katta qismini armiyani jihozlashga sarflashgan. Garb davlatlari va AQSHdan zamonaviy qurollarni sotib olish, armiya xodimlarining maoshini oshirish va yuqori martabali zobitlarga imtiyozlar berish Muhammad Rizo Pahlaviyning bu borada amalga oshirgan harakatlaridan edi. Muhammad Rizo Pahlaviy neftdan keladigan daromadlarning sakkiz milliard dollarini olib armiya byudjetiga sarfladi. U, shuningdek, armiyadagi askarlar sonini 120 mingdan 140 mingga oshirdi.
Taʼlim
Rizoshoh zamonaviy Yevropa piyoda askarlarini tayyorlaydigan tizimga asoslangan harbiy tayyorgarlik tizimini ishlab chiqdi va ularni harbiy maktablar hamda ofitserlar tayyorlash kollejlariga joriy qildi. Shuningdek,Rizoshoh har yili bir qancha eronlik zobitlarni Fransiyaga harbiy texnikalarni oʻrganish uchun yuborishini eʼlon qildi. Dastlabki ofitserlar guruhi „Sen Sir“ ofitserlar maktabi(piyodalar), „Seymur“ maktabi(otliqlar), Jan Vil gimnaziyasi, „Puatye“ artilleriya maktabi,Versal muhandislik maktablariga va boshqa fransuz harbiy maktablariga yuborilgan.
Harbiy harakatlar
Eron imperator armiyasi seperatistik guruhlarni bostirishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad Rizo Pahlaviy davrida imperator armiyasi qoʻshinlari Shayx Xazal va Simitoqularni yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, armiya Ozarbayjondagi xalq qoʻzgʻoloniga va Mahorobod Respublikasi hukumatiga barham berdi.
1972-yildan 1975-yilgacha Eron imperator armiyasi Ummon Sultonligidagi Dofar qoʻzgʻolonini bostirish uchun harbiy operatsiyalar oʻtkazdi. Harbiy operatsiyalar davomida armiya zobitlarining harbiy mahoratlari ancha yaxshilandi. Bu tajribalar keyinchalik Eron va Iroq oʻrtasidagi urushda zobitlarga ancha yordam berdi. Imperator armiyasi bu operatsiyalar davomida Ummon Sultonligidagi separatist ommani quvib chiqarishga muvaffaq boʻldi.
Eron imperator armiyasining muhim razvedka operatsiyalari orasida „IBEX“ identifikatsiya dasturini va Iroq va Sovet davlati qoʻshinlarining „Peruh“ nomli harbiy amaliyotlarini qayd etishimiz mumkin.
Eron imperator armiyasining uchta kuchlari
Armiya qoʻmondonlari va shtab boshliqlari
Uskunalar
Muhammad Rizo Pahlaviy 1950-yillarning boshlarida neft narxining oshishi va Qoʻshma Shtatlarning qoʻllab-quvvatlashi tufayli armiyani modernizatsiya qila boshladi. Yuzdan ortiq „Northrop F-5“ va „McDonnell Duglas F-4 Phantom“ qiruvchi samolyotlari sotib olindi. Natijada Eron harbiy havo kuchlari mintaqadagi eng yaxshi havo kuchlaridan biriga aylandi. F14 rusumli samoloyotlar ishlab chiqarish boshlangandan keyin AQSHga 150 ta shunday samolyot uchun buyurtma berildi. Koʻp sonli „Bell H-1 Super Cobra“ jangovar samoloyotlarini sotib olish ham Eron havo kuchlari qudratini mustahkamladi. Imperator armiyasining quruqlikdagi kuchlari ham katta miqdordagi harbiy qurollarni, jumladan Chieftan, M47, M48 va M60 rusumli tanklarini va koʻp miqdordaa tankka qarshi raketalarni sotib olgandan keyin modernizatsiya qilindi.
Qurollar
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org