Eron Futbol Federatsiyasi mukofotlari




Eron Futbol Federatsiyasi mukofotlari (baʼzi manbalarda IRIFF mukofotlari deb ham ataladi) — bu Erondagi eng yaxshi oʻyinchi, murabbiy va hakamlarga beriladigan yillik futbol mukofoti boʻlib, har mavsumda Fors koʻrfazi Pro ligasining eng koʻzga koʻringan oʻyinchilariga berib boriladi. Eron Futbol Federatsiyasi mukofotlarining sovrindorlari Eron futbol uyushmasi tomonidan tanlangan nomzodlar oraasidan murabbiylar, sobiq futbolchilar va boshqa mutasaddilarning ovoz berishiga qarab tanlanadi.

IRIFF mukofotlari




IRIFF mukofotlari Eron Futbol fFderatsiyasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unga har bir soha (hujumchi, yarim himoyachi, darvozabon, himoyachi, hakam, bosh murabbiylik pozitsiyalari)da eng yaxshi eronlik futbolchilar va mutasaddilarni yillik asosda taqdirlab boradi. IRIFF mukofotlari sovrindorlari orasida Mehdi Taremi va Moharram Navidkia ikki martadan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishdi va bu sovrinni bir martadan ortiq qoʻlga kiritgan yagona oʻyinchilardir (Muayyan toifa boʻyicha, masalan, darvozabonlik, yarim himoyachilar toifasida 2 va undan koʻp mavsum oʻyinchisi boʻlgan eronlik futbolchilar bor. Mehdi Taremi va Moharram Navidkia muayyan toifada emas, balki mavsumning en yaxshi futbolchisi unvonini ikki martadan olgan yagona eronlik futbolchilardir)

Mehdi Taremi mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi unvonini ketma-ket qoʻlga kiritgan yagona eronlik futbolchi (2015 va 2016).

„Persepolis“ va Eron milliy futbol jamoasi darvozaboni Aliriza Beyranvand Eron Professional Ligasi (IPL) 2018-yilgi mavsumida IRIFF mukofoti ("Yilning eng yaxshi darvozaboni' unvoni)ni qoʻlga kiritdi. 2019-yilgi mavsum esa Aliriza Beyranvand uchun qoʻshaloq omadli keldi, u IPL yilning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi va mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida ham taqdirlandi.

Yil futbolchisi




Yil murabbiyi




Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi




Yilning eng yaxshi darvozaboni




Yil eng yaxshi himoyachisi




Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi




Yilning eng yaxshi hujumchisi




Yilning eng yaxshi chet ellik futbolchisi




Yilning eng yaxshi hakami




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz