Eron ayollar futbol terma terma jamoasi natijalari




Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi (FIFA tomonidan Eron IR nomi ostida tan olingan) butun dunyo bo'ylab xalqaro ayollar futbolida Eron sharafini himoya qiladi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI) tomonidan nazorat qilinadi. Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI)ning ayollar futboli bo`yicha mas'ul xodimi Seyyide Shohreh Musaviy hisoblanadi.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi natijalarining umumiy tavsifi



Eronning birinchi ayollar terma jamoasi Toj Tehron futbol klubi tomonidan tashkil etilgan. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uzoq tarixga ega, xususan, Perspolis FC ayollar terma jamoasi (Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki ko`rinishi) 1976-yilda tashkil topgan. 2005-yilda qayta tiklangan Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yil sentyabr va oktyabr oylarida Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tgan G'arbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007 va 2011-yillarda G'arbiy Osiyo Futbol Federatsiyasining ayollar o'rtasidagi chempionatida yana ikkinchi o'rinni egalladi.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda hijob kiygani uchun FIFA tomonidan qisqa muddatga xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Bu Eronning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish huquqidan mahrum bo'lishiga sabab bo'ldi. Taqiq 2012-yilda bekor qilingan.

2015-yilda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining sakkiz nafar o'yinchisi jinsini o'zgartirish operatsiyalarini kutayotgan erkaklar ekanligi haqida xabarlar bor edi.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichida Iordaniya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ilk bor qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi tarixiy debyutida Eron Hindiston terma jamoasi bilan golsiz durang o`ynadi. Keyingi o`yinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy va Xitoy Taypeyiga 0:7 va 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi va eng yomon uchinchi o'rinni egallagan jamoa sifatida turnirdan chiqarib yuborildi.

Quyida futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining xalqaro rasmiy o‘yinlaridagi natijalari keltirilgan.

Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining erishgan yutuqlari



Mintaqaviy




Ikkinchi o'rin: 2005, 2007, 2011

Chempion : 2018, 2022


Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining o`tkazgan barcha o`yinlari ro`yxati




2000-yillarda




2010-yillarda




2020-yillarda




Shvetsiya ayollar terma jamosiga qarshi o'yin rasmiy o'tkazilmadi, chunki Shvetsiya jamoasi 8 marta futbolchi almashtirishni amalga oshirdi.

Malavan FK jamoasi 2010-yilgi WAFF chempionatida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining o'rniga qatnashgan.

Iordaniya, Vetnam, Tailand va O'zbekiston ayollar terma jamoalari 2012-yilgi Olimpiya o'yinlari saralash o'yinlarida FIFA Eron ayollar milliy futbol terma jamoasini hijob masalasi sababli o`yinlardan ozod qilganligi uchun 3:0 hisobidagi g`alaba bilan taqdirlangan.

Eron terma jamoasi Iordaniya ustidan penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

2022-yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi doirasidagi Hindistonga qarshi o'yin natijasi bekor qilindi, chunki bir necha kundan keyin Hindiston musobaqani tark etishga majbur bo'ldi.


FIFA Jahon reytingida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni




Yana qarang



Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi

Eron milliy futbol terma jamoasi

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz