Eron ayollar futbol terma terma jamoasi
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi (FIFA tomonidan
Eron IR nomi ostida tan olingan) butun dunyo boʻylab xalqaro ayollar futbolida Eron sharafini himoya qiladi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI) tomonidan nazorat qilinadi. Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI)ning ayollar futboli boʻyicha mas’ul xodimi Seyyide Shohreh Musaviy hisoblanadi.
Tarixi
Eronning birinchi ayollar terma jamoasi Toj Tehron futbol klubi tomonidan tashkil etilgan. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uzoq tarixga ega, xususan, Perspolis FC ayollar terma jamoasi (Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki koʻrinishi) 1976-yilda tashkil topgan. 2005-yilda qayta tiklangan Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yil sentyabr va oktyabr oylarida Iordaniyaning Amman shahrida boʻlib oʻtgan Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007 va 2011-yillarda Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasining ayollar oʻrtasidagi chempionatida yana ikkinchi oʻrinni egalladi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda hijob kiygani uchun FIFA tomonidan qisqa muddatga xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Bu Eronning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish huquqidan mahrum boʻlishiga sabab boʻldi. Taqiq 2012-yilda bekor qilingan.
2015-yilda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining sakkiz nafar oʻyinchisi jinsini oʻzgartirish operatsiyalarini kutayotgan erkaklar ekanligi haqida xabarlar bor edi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichida Iordaniya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ilk bor qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi tarixiy debyutida Eron Hindiston terma jamoasi bilan golsiz durang oʻynadi. Keyingi oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy va Xitoy Taypeyiga 0:7 va 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi va eng yomon uchinchi oʻrinni egallagan jamoa sifatida turnirdan chiqarib yuborildi.
Jamoa tasviri
Jamoaning laqabi
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi „Melli Baanovaan team (Xonimlar milliy jamoasi)“ nomi bilan tanilgan.
Sport toʻplamlar homiylari
Quyidagi jadvalda futbol boʻyicha Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun sport formalarini yetkazib beruvchi tashkilotlar tarixi koʻrsatilgan.
Jamoaning uy stadioni
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini „ Ararat“ stadionida oʻtkazadi.
Futbol oʻyinlarida ayollarning ishtiroki
2018-yilning 9-noyabr kuni Xalqaro Futbol Federatsiyasi FIFA bosh kotibi Fatma Samura Eron hukumatidan ayollarning sport stadionlariga kirishini taqiqlashni bekor qilishni so‘rashini aytdi.
2019-yil sentabr oyida eronlik „ko‘k qiz“ nomini olgan ayollar futboli yulduzi Sahar Hodayari oʻzining sobiq jamoasi oʻyinini tomosha qilish uchun stadionga futbolni tomosha qilishga uringani uchun ikki-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini bilgach, Tehrondagi sud oldida o‘zini yondirib vafot etgani xabar qilingandi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi
Statistika maʼlumotlari 2022-yil 22-iyul sanasi holatiga koʻra berilgan. Quyida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
Ushbu roʻyxatni tuzishda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[15].
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar tarixi
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib
Quyidagi 22 nafar futbolchi 2022-yil 12-yanvarda bo‘lib o‘tadigan AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan edi.
Jamoa sardori
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
Ikkinchi oʻrin: 2005, 2007, 2011
Chempion : 2018, 2022
Xalqaro musobaqalarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiada oʻyinlari
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi
Osiyo oʻyinlari
WAFF ayollar chempionati
CAFA ayollar chempionati
FIFA Jahon reytingida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org