Eron — Pokiston munosabatlari




Eron — Pokiston munosabatlari Eron va Pokiston oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Mamlakatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi 959 km.

Tarixi




1947-yil avgustda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Eron dunyodagi Pokistonning suveren maqomini tan olgan birinchi davlat. 1955-yilda Pokiston, Eron, Iroq va Turkiya bilan birgalikda Bagʻdod paktiga qoʻshildi. Kelishuvdan 1959-yilda Iroq chiqib ketganidan soʻng nomi Markaziy Shartnoma Tashkiloti deb oʻzgartirildi. Markaziy Shartnoma Tashkilotining asl maqsadi mudofaa ittifoqini yaratish boʻlsa-da, Pokiston va Eron yaqin iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 1979-yilda Eronda Islom inqilobi roʻy berdi, Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumati agʻdarildi va Eronning yangi hokimiyatlari Markaziy Shartnoma Tashkilotidan chiqishga qaror qildilar.

Sovuq urush davrida mamlakatlar munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilishdi: Eron Hindiston bilan boʻlgan ziddiyatida Pokistonni qoʻllab-quvvatladi. Pokiston, oʻz navbatida, Eron-Iroq urushi paytida Eronga harbiy yordam koʻrsatdi. 2000-yillarda Eron-Pokiston munosabatlari iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlanishda davom etdi. Eron va Pokiston qoʻshinlari umumiy chegara boʻylab giyohvand moddalar savdosi, baluj separatistlari va Tolibonga qarshi birgalikda kurashmoqda.

2013-yilda BBC Jahon Xizmati Soʻrovi Pokistonda oʻtkazgan soʻrovga koʻra, pokistonliklarning 76 foizi Eron siyosatini ijobiy baholaydi. Bu Pokistonni dunyodagi eng Eronparast davlatga aylantiradi.

Iqtisodiy va energetika aloqalari



2005—2009-yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1 milliard dollarga (500 million dollardan 1,4 milliard dollargacha) oshdi. 2014-yilda Erondan Pokistonga gaz quvuri qurilishi tugallanishi kerak edi. 2013-yil 29-yanvarda AQSh bosh konsuli Maykl Dodman Pokistonni energetika sohasida Eron bilan hamkorlikdan bosh tortmasa, uni iqtisodiy sanksiyalarga uchrashi toʻgʻrisida tahdid qildi. 2016-yilda ikki davlat hukumatlari 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazishni rejalashtirganliklarini maʼlum qildi.

Har ikki davlat Islom Sakkizligi, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (EKO) aʼzolari va Shanxay Hamkorlik Tashkilotida (SHHT) kuzatuvchilardir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz