Ernst Otto Fischer




Ernst Otto Fischer (1918.10.11, Solna – 2007.23.7 Munhen) — nemis organik kimyogari. Myunxen oliy texnika maktabini tugatgach, shu maktabda ishlagan (1949-yildan), professor (1964-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Texnetsiy (Ts) va transuran elementlarning [plutoniy (Ri) dan kaliforniy (Cf) gacha] metallorganik hosilalarini sintez qilgan, uglerod bilan 5f elektron konfiguratsiyali metallar orasida kimyoviy bogʻ hosil boʻlishi mumkinligini aniqlagan. Ilk bor oraliq metallarning barqaror karben komplekslarini olgan, oraliq metall — ikki valentli uglerod bogʻining fizik xossalarini mukammal oʻrgangan (1964), metallarning karbin komplekslarini sintez qilgan (1973). Nobel mukofoti laureati (1973, Geoffrey Wilkinson bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz