Ernesto Bertarelli
Ernesto Bertarelli (1965-yil 22-sentyabr, Rim, Italiya) – kelib chiqishi italiyalik Shveytsariya tadbirkori, milliarder. “Forbes” jurnalining 2013-yildagi dunyo boylari roʻyxatida 94-oʻrinni egallagan. “Bloomberg” bergan hisobotga koʻra, uning oilaviy boyligi 14 milliard dollardan oshadi.
Biografiyasi
1993-yilda Garvard biznes maktabini tamomlagan. 1998-yilda u oʻz bobosidan meros qolgan “Serono” farmasevtik kompaniyasi boshqaruvini qoʻlga olgach, ushbu kompaniya faoliyatini farmasevtikadan biotexnologiyaga yoʻnaltirdi. natijada, 1998-yilda korxona kirmi 809 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2006-yilga kelib u 2,8 milliard dollardan oshdi. Korxonaga bir qancha psixologik va jismoniy kasalliklarni bartaraf etuvchi vositalarni ishlab chiqarishi katta shuhrat keltirdi. Bertarelli ushbu korxonani Germaniyaning “Merck” shirkatiga 13 milliard dollarga sotishi natijasida 2007-yilda “Merck-Serono” kompaniyasi tashkil topadi. 2002-2009-yillarda Bertarelli “UBS AG” kompaniyasi ijrochi direktori boʻlgan. 2013-yilda u Buyuk Britaniyaning Plimut Universiteti faxriy doktori boʻldi.
Xayriya faoliyati
Bertarelli 1999-yilda ayollar va erkaklar bepushtligini davolash ishlariga, andrologiya, genetika va endokrinologiyani rivojlantirishga qaratilgan fond tashkil etgan. Undan tashqari, ushbu fond sport, taʼlim sohalariga ham homiylik qiladi.
Oilasi
2000-yilda Bertarelli Buyuk Britaniyalik aktrisa Kristi Roperga uylangan va uchta farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org