Ernafas Xoʻjayev




Ernafas Xoʻjayev (1916.15.5, hozirgi Buxoro viloyati Romitan shahar — 1944.13.11, Polsha, Malaya Turka qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yildan frontda. 717-oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 170-oʻqchi diviziyasi)da vzvod komandiri oʻrinbosari, starshina. 1944-yil 18-iyulda Polshaning Xaynuvka shahridan shimoli-sharqda joylashgan Semenuvka qishlogʻi yaqinidagi jangda safdan chiqqan vzvod komandiri oʻrnida jangchilarni hujumga boshlagan. Qoʻl jangida jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 24 mart, vafotidan soʻng). Romitan shahar va Romitan tumanidagi qishloqlardan birida byusti oʻrnatilgan. Qishloqdagi oʻrta maktabga uning nomi berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz