Ermin Zets




Ermin Zec (talaffuzi: Ermin Zets; 1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, hujumchi hamda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati




2007-yilda Zets HNK Šibenik bilan shartnoma imzoladi va klubda tezda asosiy jamoada oʻzini namoyon qildi. Jurnalistlar tomonidan 2009-yilda yilning eng yaxshi yosh bosniyalik futbolchisi deb topilgan. Xorvatiya ligasining barcha sardorlari ishtirok etgan ovoz berishda Zets 2009-yilda liganing eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.

2010-yilning iyun oyida Turkiyaning Gençlerbirliği klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

Turkiyada toʻrt yil oʻtgach, 2014-yil sentyabr oyida Zets Xorvatiyaga qaytib, Rijeka bilan shartnoma imzoladi.

2015-yil boshida Zets Balıkesirspor bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning 27-iyulida Ozarbayjon Premyer-ligasida „Gabala“ bilan 1+1 yillik shartnoma imzoladi. 21-may kuni „Gabala“ Zets klubni tark etishini eʼlon qildi.

2016-yil 26-avgustda Zets Turkiya Superliga klubi Karabükspor bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning avgust oyida Karabüksporni tark etdi.

2017-yil 25-avgustda TFF Birinchi Ligasida Gazişhehir Gaziantep bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 10-avgustda Zetsning Gazişehir Gaziantepni tark etgani eʼlon qilindi.

2019-yilning 21-yanvarida Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi golini 2019-yil 3-mart kuni Mladost Doboj Kakanjga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. Zets 2019-yilning 18-iyunida Željezničar bilan shartnomasini yana uch yilga, 2022-yilning iyunigacha uzaytirdi.

Xalqaro faoliyati



Zets terma jamoadagi debyutini 2008-yilning 19-noyabrida Sloveniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.

2010-yil 29-may kuni terma jamoadagi ilk golini Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (4:2) kiritdi. Zets jami 10ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2015-yil sentyabr oyida Andorraga qarshi Yevropa chempionati saralashida boʻldi.

Shaxsiy hayoti



Zetsning ukasi Asim ham professional futbolchi boʻlib, Željezničarda oʻynagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




29-may, 2022-yil[21][22]

Xalqaro




6-sentyabr, 2015-yil[22]

Xalqaro gollari




Yutuqlari



Rijeka

Individual



Mukofotlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ermin Zets haqida ma'lumot topish juda qiyin. Internet va boshqa manbalarda Ermin Zets nomi bilan bog‘liq aniq va keng tarqalgan ma'lumotlar yo‘q. Agar siz aniq bir shaxs, ijodkor yoki boshqa soha vakili haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos ko‘proq kontekst yoki qo‘shimcha ma’lumot bering. Shunda men sizga yaxshiroq yordam bera olaman.

Agar Ermin Zets haqida yangi yoki kam ma’lum bo‘lgan shaxs bo‘lsa, uning faoliyati, ishlari yoki boshqa tafsilotlari bor-yo‘qligini aniqlash uchun qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘ladi.

Yana qanday savollaringiz bo‘lsa, marhamat!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz