Ermin Zec
Ermin Zec (talaffuzi: Ermin Zets; 1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, hujumchi hamda yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
2007-yilda Zets HNK Šibenik bilan shartnoma imzoladi va klubda tezda asosiy jamoada oʻzini namoyon qildi. Jurnalistlar tomonidan 2009-yilda yilning eng yaxshi yosh bosniyalik futbolchisi deb topilgan. Xorvatiya ligasining barcha sardorlari ishtirok etgan ovoz berishda Zets 2009-yilda liganing eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.
2010-yilning iyun oyida Turkiyaning Gençlerbirliği klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Turkiyada toʻrt yil oʻtgach, 2014-yil sentyabr oyida Zets Xorvatiyaga qaytib, Rijeka bilan shartnoma imzoladi.
2015-yil boshida Zets Balıkesirspor bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.
2015-yilning 27-iyulida Ozarbayjon Premyer-ligasida „Gabala“ bilan 1+1 yillik shartnoma imzoladi. 21-may kuni „Gabala“ Zets klubni tark etishini eʼlon qildi.
2016-yil 26-avgustda Zets Turkiya Superliga klubi Karabükspor bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning avgust oyida Karabüksporni tark etdi.
2017-yil 25-avgustda TFF Birinchi Ligasida Gazişhehir Gaziantep bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil 10-avgustda Zetsning Gazişehir Gaziantepni tark etgani eʼlon qilindi.
2019-yilning 21-yanvarida Bosniya Premyer-ligasining Željezničar klubi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi golini 2019-yil 3-mart kuni Mladost Doboj Kakanjga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. Zets 2019-yilning 18-iyunida Željezničar bilan shartnomasini yana uch yilga, 2022-yilning iyunigacha uzaytirdi.
Xalqaro faoliyati
Zets terma jamoadagi debyutini 2008-yilning 19-noyabrida Sloveniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
2010-yil 29-may kuni terma jamoadagi ilk golini Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (4:2) kiritdi. Zets jami 10ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2015-yil sentyabr oyida Andorraga qarshi Yevropa chempionati saralashida boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Zetsning ukasi Asim ham professional futbolchi boʻlib, Željezničarda oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
29-may, 2022-yil[21][22]
Xalqaro
6-sentyabr, 2015-yil[22]
Xalqaro gollari
Yutuqlari
Rijeka Individual
Mukofotlar Manbalar
uz.wikipedia.org