Ermin Bičakčić




Ermin Bičakčić (talaffuzi: Ermin Bichakchich; 1990-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenheim klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Bičakčić professional faoliyatini VfB Stuttgartda boshlagan, asosan uning zaxira jamoasida oʻynagan. 2012-yilda Eintracht Braunschweigga qoʻshilgan. Ikki yil oʻtgach, 1899 Hoffenheimga koʻchib oʻtdi.

Bičakchić oʻzining birinchi yirik chempionati — 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida mamlakatini himoya qildi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyat davri



Bosniya urushi boshlangani sababli Bičakčićning oilasi oʻzining vatani Bosniya va Gersegovinadan Germaniyaga koʻchib oʻtdi va u yerda 2005-yilda VfB Stuttgart yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. 2010-yil 27-oktyabrda 20 yoshida Chemnitzer FCga qarshi professional debyutini oʻtkazdi. 2011-yil 29-iyulda Wehen Wiesbadenga qarshi gʻalabali oʻyinda oʻzining birinchi professional golini kiritdi.

2012-yilning yanvarida Eintracht Braunschweigga oʻtdi.

2014-yilning may oyida Bičakčić nomaʼlum toʻlov evaziga „1899 Hoffenheim“ga oʻtdi. 17-avgust kuni „USC Paloma“ga qarshi DFB-Pokal oʻyinida jamoa safida debyut qildi va gol urishga muvaffaq boʻldi. Bir hafta oʻtgach, „Augsburg“ ga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2015-yilning 4-fevralida oʻzining birinchi ligadagi golini „Werder“ga urdi.

2016-yilning sentabrida Ermin shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi.

2018-yil 23-oktabrda Bičakčić UEFA Chempionlar Ligasidagi Lyonga qarshi bahsda debyut qildi.

Ermin 19-dekabr kuni jamoadagi 100-oʻyinini oʻtkazdi.

Bičakčić 2019-yilning may oyida klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi.

2020-yil sentabr oyida tizzasidan ogʻir jarohat oldi va 2022-yil 14-may kuni jarohatdan 19 oy oʻtib maydonga qaytdi.

Iyun oyida yangi bir yillik shartnomaga imzo qoʻydi.

Xalqaro faoliyati




2013-yilning avgust oxirida AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi va 14-avgust kuni oʻsha oʻyinda debyut qildi.

10-sentabr kuni, 2014-yil FIFA Jahon chempionati saralashida Slovakiyaga qarshi oʻyinda Bičakčić oʻzining terma jamoasidagi birinchi golini urdi.

2014-yil iyun oyida Bičakčić Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga, mamlakatning birinchi yirik musobaqasiga kiritildi. Turnirdagi debyutini 15-iyun kuni Argentinaga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




14-may, 2022-yilgi holat boʻyicha[23]

Xalqaro




7-sentyabr, 2020-yilgi holat boʻyicha[24]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Bičakchichning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz