Ermedin Demirovich
Ermedin Demirović (talaffuzi: Ermedin Demirovich; 1998-yil 25-martda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bundesliganing Augsburg klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Alavés va ijaralar
2017-yilning 30-mayida Demirović to‘rt yillik shartnoma asosida Ispaniyaning Alaves jamoasiga o‘tdi. Roʻyxatga olish bilan bogʻliq dastlabki muammolardan soʻng, avval Alavés B da oʻynadi.
Demirović 2018-yilning 3-yanvarida Ispaniya Kubogida Formenteraga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi va dubl qayd etdi. 3 haftadan soʻng Barcelonaga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. Birinchi ligadagi golini 6-may kuni Malagaga qarshi oʻyinda kiritdi.
2018-yilning 23-iyulida Demirović shartnomasini 2021-yilning iyunigacha uzaytirdi. Ertasi kuni bir mavsumga Fransiyaning Sochaux jamoasiga ijaraga berildi.
2019-yil yanvar oyida Almeriyaga olti oylik ijaraga yuborildi.
2019-yil 2-sentyabrda Demirović Shveysariyaning St. Gallen jamoasiga mavsumiy ijaraga yuborildi.
SC Freiburg
2020-yil iyul oyida Bundesliga klubi SC Freiburg Demirović Shveysariya Superligasi mavsumi 3-avgustda yakunlanganidan keyin qoʻshilishini eʼlon qildi. OAV „Alavés“ga toʻlangan transfer summasini taxminan 4 million yevro teng deb baholagan. 13-sentabr kuni Waldhof Mannheimga qarshi DFB-Pokal oʻyinida klubdagi debyutini oʻtkazdi. Ikki hafta oʻtgach, VfL Volfsburgga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 20-dekabr kuni „Freiburg“ safidagi birinchi golini Herthaga kiritdi.
FK Augsburg
2022-yil iyul oyida Demirović Augsburg klubiga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi.
Xalqaro faoliyati
Demirović Bosniya va Gersegovinanining barcha yosh terma jamoasini himoya qilgan.
2018-yil noyabr oyida 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar Ligasi doirasida Avstriya va Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga birinchi marta chaqiruv oldi.
Faoliyati statistikasi
Klub
8-iyul, 2022-yil[19]
Xalqaro
8-iyul, 2022-yil[20]
Manbalar
uz.wikipedia.org